Perseverance roveri bortidagi tajriba qurilmasi Marsda kislorod işlab çiqardi. Bu haqda NASA xabar berdi.
MOXIE qurilmasi uglerod dioksidi molekulalaridan kislorod atomlarini ajratib oladi va atmosferaga çiqaradi.
Xabarda aytilişiça, 5,4 gramm kislorod olişga erişilgan. Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiga köra, bu insonning ön daqiqa nafas olişi uçun yetarli böladi.
Qayd etilişiça, qurilma bir soatda ön grammgaça kislorod işlab çiqaradi.
Marsda atmosfera bosimi Yerdagidan 170 marta kiçik bölib, buning natijasida Qizil sayyorada is gazi miqdori 95 foizdan köproqni taşkil etadi.
Perseverance roveri Marsga 19 fevralda qöngandi.

















