Qonun pandemiya davom etayotgan davrda aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojini ta'minlaş va narx-navo ösib ketişiga yöl qöymaslikka qaratilgan. Bu haqda deputat Farhod Zayniyev ma'lum qildi.

Qonun Senatda ma'qullanib, prezident tomonidan imzolansa, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar quyidagilar qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinadi:

  • Özbekiston Respublikasi hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek, soya danagini olib kiriş;
  • ösimlik yoğini işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça aylanmalar.

Şuningdek, xöjalik yurituvçi sub'yektlarga özlari import qilgan kungaboqar yoği va kungaboqar uruğlarini qayta işlaş natijasida işlab çiqarilgan ösimlik yoğining 50 foizidan oşmagan qismini eksport qilişga ruxsat beriladi.

Davlat bojxona qömitasi xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan import qilingan kungaboqar yoği va kungaboqar uruğlarini qayta işlaşdan olingan ösimlik yoği hajmiga nisbatan eksport şartnomalari doirasida amalga oşirilgan eksport hajmi 50 foizdan oşişiga yöl qöyilmasligi böyiça nazorat örnatadi.

Deputat Doniyor Ğaniyevga köra, qonun 1 maydan kuçga kirsa-da, uning e'lon qilinişi bozorga öz ta'sirini ertadanoq ötkazadi.

«Narxlar kamida 10 foiz, taxminan 2000 ming söm tuşadi, deb prognoz qilinmoqda», – dedi Ğaniyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

  • Avvalroq, Kun.uz yilning 1-çoragida kungaboqar yoği, aprel oyida esa paxta yoğining narxi keskin oşib ketgani borasida tahliliy maqolalar e'lon qilgandi.
  • Iqtisodçi Otabek Bakirov ösimlik yoği narxi oşib ketmasligi uçun tezkor çoralar körişga çaqirgan edi.