«Prokurorlar tashabbusi bilan 57 nafar shaxsga oqlov hukmi chiqarildi» – Nig‘matilla Yo‘ldoshev
2020 yilda prokurorlar tashabbusi bilan turli jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilingan 57 kishi oqlangan. Bu haqda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Senat yalpi majlisidagi hisobotida ma'lum qildi.

«Faoliyatimizning yana bir muhim yo‘nalishi bu prokurorlarimizning sudlardagi ishtiroki bilan bog‘liq. 2020 yilda 119 mingta ishlar ko‘rilishida prokuror ishtiroki ta'minlandi, sudlarning 3 mingdan ortiq noqonuniy qarorlari prokurorlar protestlari asosida qonunlarga moslashtirildi.
Bu jami o‘zgartirilgan va bekor qilingan sud qarorlarining 31 foizini tashkil etadi. Prokurorlar tashabbusi bilan 57 nafar shaxsga oqlov hukmlari chiqarildi», deya Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi 2020 yilda sudlangan shaxslarning 781 nafari oqlangani va reabilitatsiya qilinganini ma'lum qilgandi.
2020 yil 27 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy sud raisining o‘sha paytdagi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov oxirgi 3 yilda 2273 shaxs oqlangani, ilgari oqlov degan tushuncha bo‘lmaganini ta'kidlagandi.
2021 yil 16 mart kuni Oliy sud tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida 4 yilda 2 ming 770 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgani, shuningdek, 3 ming 434 nafar shaxs sud zalidan ozod qilinib, 5 ming 958 nafar fuqaroga nisbatan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovlardan chiqarilgan yoki o‘zgartirilgani aytilgandi.
Bosh prokuror Chorvoqdagi «margimush qabristoni» va undan kutilayotgan xatar xususida ma'lumot berdi
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi
Jahon | 12:50
-
Madaniyat va san’at sohasidagi startap-loyihalar uchun grant ajratiladi
O‘zbekiston | 12:48
-
AQSh maxsus elchisi NATOning sharqqa kengayishi to‘xtashini istisno etmadi
Jahon | 12:25
-
Surxondaryoda 23 ta ko‘p qavatli turar joy binosida seysmik jihatdan kamchiliklar aniqlandi
O‘zbekiston | 12:13
Mavzuga oid

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi

18:41 / 16.08.2024
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

18:42 / 19.07.2024