Özbekistonda kamida 15 yil davomida doimiy yaşab turgan fuqaroligi bölmagan (çet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) şaxslar xohiş bildirgan taqdirda Özbekiston fuqaroligini olişi mumkin.

2021 yilgi davlat dasturiga oid prezident farmonida mazkur yangi tartib joriy yil 1 maydan boşlab amal qilişi belgilangan edi. Şunga asosan, ijtimoiy tarmoqlarda ham bu haqda xabarlar tarqaldi. 1 may ham keldi. Xöş, uşbu tartib joriy qilindimi?

Davlat dasturida IIV va DXXga bu borada tegişli qonun loyihasini işlab çiqiş topşiriği berilgandi. Noma'lum sabablarga köra, qonunni qabul qiliş keçikmoqda.

Ayni damda qonun loyihasi Qonunçilik palatasida birinçi öqişda körib çiqilib, konseptual jihatdan qabul qilingan.

Kun.uz uşbu qonun qabul qilinmay turib ham 2021 yil 1 maydan yuqoridagi tartibda fuqarolik beriş mumkinmi, degan savol bilan IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi bölim boşliği Ruslan Karimovga yuzlandi.

Ruslan Karimovning ma'lum qilişiça, davlat dasturidagi mazkur band ijrosi doirasida Içki işlar vazirligi tegişli qonun loyihasini işlab çiqib, belgilangan muddatda kiritgan. Bungaça loyiha jamoatçilik muhokamasi uçun ham e'lon qilingan.

IIV rasmiysining bildirişiça, fuqarolik berişning yangi tartibi joriy etilişi uçun dastlab uning huquqiy asosi yaratilişi lozim, ya'ni yuqoridagi qonun Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatda ma'qullanib, prezident tomonidan imzolanib, e'lon qilinişi kerak.

Hozirgi vaqtda qonun hali qabul qilinmagani tufayli yangiça tartibda fuqarolik berişni davlat dasturida aytilgan vaqt – 1 maydan amalga oşirişning imkoni yöq.

«Lekin buni qonun qabul qilinmay qolib ketar ekan, deb tuşunmaslik lozim. Çunki bu borada şaxsan prezidentimiz qat'iy pozitsiyada turib, fuqarolik olişni yengillaştirişni talab etmoqda va şu tufayli qonun yaqin orada qabul qilinişiga umid qilsa böladi», – deydi Ruslan Karimov.