Bugun Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Baxodir Axmedov boşçiligida Özbekiston davlat konservatoriyasida bölib ötgan yiğilişda taşkiliy masala körib çiqilgan. Unga köra, Rudakiy Allanbayev Özbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialiga direktor etib tayinlandi. 

U bungaça Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti dotsenti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma'lumot uçun, Nukus filialiga yangi öquv yiliga qabul jarayonlari Konservatoriya binosida taşkil etilib, 2022-2023 öquv yili maşğulotlari Nukus filialining öz binosida olib boriladi.

Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 apreldagi 186-sonli qaroriga muvofiq Özbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali taşkil etilgandi. 

Öşanda filialning 2021/2022 öquv yili uçun bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari Özbekiston davlat konservatoriyasida ötkazilişi aytilgandi.