Rasmiy xabarda ta'kidlanişiça, bekor qilingan uçraşuvlar örniga ularning iltimosiga qarab, telefon orqali sözlaşuvlar taşkillaştiriladi.
Şuningdek, jazo muddatini ötayotgan şaxslarning advokat, tergovçi va huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari bilan uçraşuvlari karantin qoidalariga qat'iy amal qilingan holda, maxsus xonalarda taşkil etilişi ma'lum qilingan.
Özgarişlarga respublikadagi koronavirus infeksiyasi böyiça epidemiologik vaziyat yomonlaşgani sabab qilib körsatilgan.
Qayd etilişiça, Respublika maxsus komissiyasining qarori va tavsiyasiga asosan, mamlakatdagi JIEMlarning barçasida karantin tartibi kuçaytirilgan.
Jazo muddatini ötayotgan şaxslarga jönatiladigan posilka, yöqlov yoki banderollar poçta xizmatlari orqali qabul qilinadi.
Avvalroq, 26 may kuni Toşkent şahridagi 23-sonli mahkumlarga möljallangan ixtisoslaşgan kasalxonaga taşrif buyurgan ombudsman Feruza Eşmatova boşçiligidagi ekspertlik guruhi bilan uçraşuv çoğida IIV Jazoni ijro etiş departamenti tibbiy bölimi boşliği Bahodir Yusupov yil boşidan beri qamoqxonalarda COVID-19’ga çaliniş holatlari qayd etilmaganini aytgan edi.
2020 yilda Özbekistondagi qamoqxonalarda jazo muddatini ötayotgan mahkumlarning 9 foizi koronavirusga çalingani, şuningdek, 2 nafar oğir bemor muddatidan avval ozod etilgani ma'lum qilingandi.


















