Andijon xalqaro aeroporti direktori lavozimini egallab turgan Saydullo Töxtasinov Samarqand xalqaro aeroportiga direktor etib tayinlangan. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2021 yil 6 iyul kuni Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jörayeva rahbarligidagi kompaniya boşqaruv kengaşining sayyor yiğilişi ötkazilgan. Yiğilişda Samarqand xalqaro aeroporti direktori Murodjon Jamolov işdan böşatilgan va uning örniga Andijon xalqaro aeroporti direktori lavozimini egallab turgan Saydullo Töxtasinov direktor etib tayinlangan.
Bundan taşqari, yiğilişda Samarqand aeroportini 2022 yil mayida Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitiga xizmat körsatişga tayyorlaş masalasi muhokama qilingan.
«Samarqand aeroporti töliq yangilanmoqda. ŞHT sammitiga tayyorgarlik körilmoqda. Bugun biz yangi direktor tayinladik, bundan keyin biz jamoamizni yirik sammitlar paytida aeroportda xizmat körsatiş tajribasiga ega xorijiy mutaxassislar bilan kuçaytiramiz», – degan Ra’no Jörayeva.
Şuningdek, Uzbekistan Airports rahbari yaqin kelajakda Air Marakanda bilan davlat-xususiy şeriklik şartnomasi imzolanişini e’lon qilgan.
Samarqandda Mirzo Uluğbek ilmiy asarlariga monand aeroport qurilmoqda

















