Turkmen.News naşri öz manbasiga tayangan holda Sarhadobod şahri aholisi otişma ovozlarini eşitgani, ovozlar çegaraning Afğoniston tomondagi Turgundi posyolkasidan kelgani haqida xabar berdi.
Ayrim manbalarga köra, bir kun oldin çegara tomonga harbiy yuk maşinalari va turkman armiyasi kontingenti yöl olgan.
Turkmen.News manbasi ma'lumotlariga köra, turkman zobitlari öz oilalarini çegara hududidan evakuatsiya qilişga kirişgan.
Yuzlab afğon harbiylari toliblar hujumidan Tojikistonga qoçib ötmoqda
Afğon-turkman çegarasidagi «Akina» nazorat-ötkazuv punkti bir neça kundan buyon yopiq turibdi. Turkmaniston hukumati çegaraning Afğoniston tomonidagi hududlar toliblar nazoratiga ötayotgani munosabati bilan şunday qaror qabul qilgan.
«Akina» punkti orqali Turkmanistondan Afğonistonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilardi, şu tufayli çegara zonasidagi afğonlar oziq-ovqat mahsulotlari yetişmovçiligi muammosiga duç kelmoqda.
Rasmiy Duşanbe ham ommaviy safarbarlik e'lon qilgan. Zaxiradagi 20 ming kişi Tojikiston va Afğoniston çegarasiga yönaltirilgan.
Şuningdek, internetda toliblar Eron bilan çegaradagi «Islom-Qal'a» nazorat-ötkazuv punktidan afğon bayroğini yeçib olayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Bu punkt orqali yuklar ötkazilişi Afğoniston xazinasiga örtaça 20 million dollar keltirardi.
Şu vaqtgaça toliblar asosan çekka tumanlarni jangsiz egallab kelişayotgandi, endi esa harakat a'zolari mamlakatning ikkinçi yirik şahri Qandahorni egallaş uçun hujum boşlagan.
Toliblar mamlakat hududining 85 foiz qismini nazorat qilişayotganini ma'lum qilişgan, ammo bu ma'lumotni mustaqil manbalar orqali tekşirişning imkoni yöq.















