Samarqand viloyati Urgut tumanida IIB xodimlari tomonidan giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanayotgan ikki kişi qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 28 iyul kuni Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv bölimi xodimlari tomonidan Urgut tumani Jartepa mahallasi hududida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda, Urgut tumani Mirzaboğlon Çep mahallasida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan E.Yo. 6 million söm evaziga G. ismli ayolga 35 gramm miqdoridagi «opiy» giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qölga olingan.
Olib borilgan suriştiruvlar natijasida E.Yo. uşbu giyohvand moddasini Quyiqişloq qişloğida yaşovçi 1975 yilda tuğilgan M.T. dan olgani aniqlangan. Şundan söng M.T.ning yaşaş manzili tegişli tartibda közdan keçirilganda uning turmuş örtoği 1974 yilda tuğilgan S.G. ning yonidan geroin moddasi topilib hujjatlaştirilgan.
Holat yuzasidan Urgut tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyati işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Urgutda köp miqdorda geroin giyohvandlik moddasini olib ketayotgan şaxs uşlandi

















