U Telegram'dagi kanalida qoldirgan postda umumiy ovqatlanish obektlariga qo‘yilgan jiddiy cheklovlarni hazilomuz tarzda tanqid qiladi.

“Bilmaganlar bilib qo‘ysin!

Koronavirus avtobusda emas, metroda emas, ishxonada emas, aynan restoranda, soat 20:00dan keyin paydo bo‘ladi.

Soat 20:00gacha u bekinib o‘tiradi. Zolushkaning aravasi tungi 12da qovoqqa aylanib qolgani kabi. Yomon pismiq virus-da bu. Biladi-da hamma 20:00dan keyin restoranga yopirilib borishini.

Va aynan 20:00 dan keyin, e'tibor bering shu joyiga, aaaynan restoranga yoki kafega boradi. To‘yxonaga ham emas, ishxonaga ham emas, aaaynan restoran va kafega”, – deya yozdi Allamjonov.

“Bu masalani jiddiy ko‘rib chiqish fursati keldi, deb o‘ylayman”, deya qo‘shimcha qilgan Mass-media fondi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, epidemiologik vaziyat yomonlasha borgach, Maxsus komissiya 28 iyundan boshlab umumiy ovqatlanish shoxobchalari va ko‘ngilochar obektlar faoliyatini kunduzi 08:00–20:00gacha deya cheklab qo‘ydi.

20 iyuldan boshlab esa cheklov kuchaytirildi: shu kundan boshlab, kafe va restoranlarga yopiq binolarda ishlash taqiqlandi; taom yetkazib berish xizmatlarining ish vaqti 8:00–23:00 deb belgilandi.

Orada deputatlar xodimlarini yetarli miqdorda emlagan kafe va restoranlarga nisbatan karantin talablarini yumshatishni taklif qildi, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi ham shunga o‘xshash yangilik kutilayotganini bildirdi