Kafe va restoranlarga qo‘yilgan cheklovlar kuchaytiriladi
20 iyuldan boshlab, umumiy ovqatlanish obektlari faqat ochiq maydonlarda ishlashi mumkin. Ruxsat etilgan vaqt cheklovi (soat 08:00dan 20:00gacha) saqlab qolinadi.

Foto: Kun.uz
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, joriy yilning 28 iyunidan respublika bo‘yicha ko‘ngilochar obektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obektlari – kafe, oshxona va choyxonalarning ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat berilgan edi.
Sog‘liq saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, shu yilning 20 iyul, seshanba kunidan boshlab, umumiy ovqatlanish obektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalar soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga ruxsat beriladi.
Avvalroq, xodimlarini yetarli miqdorda emlagan kafe va restoranlarga nisbatan karantin talablarini yumshatish taklif qilingan edi. Oliy Majlis deputatlarining bu tavsiyasi Maxsus komissiya tomonidan inobatga olinmagan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, karantin sababli:
— litseylarga qabul imtihonlari sentyabrga qoldirildi;
— Qurbon hayiti namozi bekor qilinib, o‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etildi;
— juma namozlari vaqtincha to‘xtatildi;
— 1 avgustdan boshlab, to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilangan;
— 6 iyuldan boshlab mamlakatda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatilgan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
O‘zbekiston | 17:14
-
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 17:01
-
Fuqarolik kodeksiga faktoring to‘g‘risidagi qoidalar kiritildi
O‘zbekiston | 15:59
-
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 15:22
Mavzuga oid

23:03 / 07.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi

10:06 / 30.03.2025
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi

11:51 / 26.03.2025
Xitoydagi restoran “klassik musiqa eshitib” o‘sgan tovuq go‘shtini 66 dollarga taklif qilmoqda

20:43 / 24.03.2025