Albatta, jurnalist özining tanqidiy közi bilan qarab, haqli savollarni örtaga taşlab tayyorlagan maqolasi kimlargadir yoqmaydi. Köpinça, ular — tanqid ostiga olingan sohaga mansub amaldorlar bölişadi.
Jurnalistga nisbatan tuhmat uyuştirildimi, demak, qalamkaş töğri yölda ekanligi ayon böladi. Lekin eng yomoni — bu tuhmatga işonadiganlar ham topiladi. Bu esa ruhiy eziliş, ma'lum muddat tuhmat tamğasi ostida yurişga sabab böladi.
Ammo jurnalistika — oddiygina kasb emas, u ongning holati, hayot tarzi. Bu sohada uning qiyinçiliklariga bardoş bera oladigan, tuhmat, bosim va tahdidlarga qaramasdan, haqiqat yölida ijod qilişda davom eta oladiganlargina dovruğ qozonadi.
Bilamiz, yaqin-yaqingaça amaldorlarimiz jurnalist deganda buyruqqa some', obuna kampaniyasi çoğida yordam sörab mustargina bölib turgan qalamkaşlarni tuşunişgan. Muammolarni kötarib çiquvçi, tanqid qiluvçi insonni emas. Amaldorlarning buyurtmasi bilan ular işora bergan insonni badnom qiliş uçun xizmat qilgan qalamkaşlar ham bölgan, afsuski. Tanqid çegarasi şu bilan tugagan.
Lekin bugun zamon özgardi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning özi jurnalist va blogerlarni qöllab-quvvatlab turibdi. Lekin şunga qaramasdan ayrim mansabdorlar, kuçişlatar tizimlarning xodimlari bot-bot jurnalistlarning işiga xalaqit berişga urinişmoqda. Materiallarni e'lon qilişga qarşilik körsatişmoqda, e'lon qilingan materiallarni öçirtirişga harakat qilişmoqda. Ularning noqonuniy buyruqlariga böysunmagan jurnalistlarni badnom qiliş, ularga tuhmat uyuştirişga jazm etişmoqda.
Feruza ham ana şunday insonlarning navbatdagi qurboni böldi. Lekin hamkasb singlimiz bunday harakatdan aslo tuşkunlikka tuşmasligi, özining ötkir çiqişlari bilan işlaşda davom etişi kerak.
Bugun Feruzani köplab hamkasblari, mutasaddi idoralar qöllab-quvvatlaşmoqda. Unga qilingan tuhmat qattiq qoralanmoqda. Jirkanç tuhmatni kimlar, qanday maqsadlarni közlab qilganini ham köpçilik sezib-bilib turibdi.
Bu kabi şörişlar Kun.uz jurnalistlarining ham boşidan ötgan. «Jurnalist mendan 1 gektar yer berişni söradi», deb tuhmat qilib, qilmişi uçun jazosiz qolgan mansabdorni

















