«SChR xizmatini o‘taganlar Qurolli kuchlar rezerviga o‘tkaziladi» – senator
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov SChR xizmatini o‘taganlar Qurolli kuchlar rezerviga o‘tkazilishi, bu safarbarlik va urush davrida armiyani kerakli mutaxassislar bilan to‘ldirish imkonini berishini ta'kidladi.
Senator shu yilning 24 avgust kuni Qurolli kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga shu mazmundagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini ma'lum qildi.
«SChR xizmati – bir oylik yig‘in. «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasi 4-bandida Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolar yigirma yetti yoshga to‘lganlaridan keyin Qurolli kuchlar rezervi tarkibiga o‘tkazilishi belgilangan.
SChR xizmatiga olinib, oylik harbiy yig‘inlarni o‘tagan fuqarolar 27 yoshga to‘lgunlariga qadar maqsadsiz ravishda Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari harbiy hisobida turishgan. Oylik harbiy yig‘inni o‘tagan fuqarolar harbiy hisob mutaxassisliklari va yetarli darajada harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lganliklari sababli ularni Qurolli kuchlar rezerviga o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lib, shu orqali Qurolli kuchlarning safarbarlik resurslari oshirilishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Qurolli kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar miqdori oshirilishi safarbarlik va urush davrida tashkil etiladigan harbiy tuzilmalarni kerakli mutaxassislar bilan sifatli to‘ldirish imkonini beradi», deya Qutbiddin Burhonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali davlat budjetidan qoplanishi, Sirdaryoda ushbu toifaga mansub fuqarolarga SChR xizmati uchun pul mablag‘i o‘tkazib berilgani xabar qilingan edi.
Bugungi kunda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisobraqamiga to‘lanadigan pul badali BHMning 20 barobari, ya'ni 4 900 000 (1 sentyabrdan 5 400 000) so‘m etib belgilandi.
Qonunchilikka muvofiq, pul badallarini to‘lagan, biroq harbiy yig‘inlardan o‘tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga to‘langan mablag‘lar, agarda u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda va unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda qaytarib beriladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning Isroilga bergan zarbalaridan ko‘rilgan zarar 3 mlrd dollarni tashkil qildi
Jahon | 15:26
-
Toshkent viloyatining xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonalariga imtiyozlar beriladi
O‘zbekiston | 15:22
-
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 15:06
-
Oq uy Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 15:05
Mavzuga oid

20:48 / 26.06.2025
Qozog‘istonda armiyaga SMS orqali chaqirishga ruxsat beriladi

20:13 / 13.04.2025
Ukraina prezidenti ofisidagilar ayollarni ham armiyaga majburiy jalb etish taklifi bilan chiqdi

22:44 / 07.03.2025
Polshada barcha erkaklar harbiy yig‘inlardan o‘tishi majburiy bo‘ladi

00:25 / 02.01.2025