Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida öz hovlisida 21 tup kannabis östirib kelayotgan şaxs uşlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 12 avgust kuni soat 10:00larda viloyat IIB JQB va Şahrisabz tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda tumanning «Şamaton» MFYda yaşovçi nafaqaxör S.X. yaşaş uyi hovlisida jami 21 tup kannabis giyohvandlik ösimliklarini ekib, parvarişlab kelayotgani aniqlangan. Nam holdagi kannabis giyohvandlik ösimliklari tortilganda oğirligi 1850 gramm çiqqan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Şahrisabz tuman IIB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy iş qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaşqadaryoda hovlisida kannabis va köknor östirayotgan şaxs uşlandi
Qaşqadaryoda uyida kannabis va köknor yetiştirayotgan şaxsga jinoiy iş qözğatildi
















