Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida «Neksiya» va «Matiz» iştirokida sodir bölgan yöl transport hodisasida yölovçilardan biri vafot etgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 4 sentyabr kuni soat tungi 03:00 larda M39 Almati–Toşkent–Termiz xalqaro avtomobil yölining Kitob tumani «Boğbon» MFYdan hududidan ötgan 1159-kilometrida «Neksiya» va «Matiz» iştirokida yöl transport hodisasi sodir bölgan.

Qayd etilişiça, fuqaro E.E. «Neksiya» bilan M39 yölida harakatlanib ketayotib, tumanning 22-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi röparasiga kelganida, şu hududdagi Yangi Çarmgar mahallasidagi ikkinçi darajali yöldan katta yölga harakatlanib çiqqan fuqaro O.U. boşqaruvidagi «Matiz» bilan töqnaşgan
Oqibatda «Matiz»da yölovçi sifatida ketayotgan fuqaro F.O oğir tan jarohatlari olib tuman tez yordam bölimiga olib ketilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan zaruriy muolajalarga qaramasdan, 6 sentyabr kuni bemor ayol şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Qaşqadaryoda sodir bölgan YTHda Cobalt haydovçisi vafot etdi
Qaşqadaryoda «Neksiya» urib yuborgan velosiped haydovçisi vafot etdi

















