DXX xodimlari kasb bayrami 5 apreldan 26 sentabr sanasiga özgarişi kutilayotgani şu yilning 24 avgust kuni bölib ötgan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi yiğilişida ma'lum qilingan edi.
Uşbu yiğilişda sözga çiqqan senator Tolibjon Umarov 2018 yilda belgilangan DXX xodimlari kuni avvalgi sanaga qaytarilişining ahamiyatini xavfsizlik xizmatining yubileyini ötkazişda qiyinçiliklar yuzaga kelayotgani, mana şu narsa hisobga olinib, kasb bayrami sanasi özgartirilişi böyiça maxsus bir topşiriq berilgani bilan izohlagandi. Biroq u topşiriq kim yoki qaysi organ tomonidan berilganiga aniqlik kiritmagan.
“Özi asli 2018 yilda qabul qilingan qonun bilan DXX xodimlari kuni 5 aprel etib belgilangan edi. Tajriba şuni körsatdiki, DXX xodimlari kuni aslida Özbekiston prezidentining 1991 yil 26 sentyabrdagi farmoniga borib taqaladi. Mana şundan beri 26 sentabr xavfsizlik xizmati xodimlarining kuni sifatida nişonlanib kelgan.
2018 yil 5 aprel kuni «Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonun qabul qilinganini inobatga olib, 2018 yilning 2 oktyabrida «Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilaş töğrisida»gi qonunga muvofiq 5 aprel DXX xodimlari bayrami deb e'lon qilingandi.
Mazkur qonun bugungi kunda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari iş yurituvida ayrim muammolarni keltirib çiqarmoqda. 2019 yilgaça DXX xodimlari kuni 26 sentyabrda nişonlab kelingan. Şu sanada xizmatning 10, 20, 25 yillik yubileylari ötkazilgan. Mana şu narsa hisobga olinib, maxsus bir topşiriq berildiki, DXX xodimlari kunini oldingi holatga qaytariş masalasi böyiça. Şunda bevosita 2021 yil 26 sentyabrda ularning 30 yilligi nişonlanadi”, deya Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi örinbosari Tolibjon Madumarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati: islohot sabablari
Senator bayramlarni köçiriş qonunçilik amaliyotida uçraydigan holat ekani, jumladan, 1993 yildagi qonun bilan xalq ta'limi xodimlarining kuni belgilangani, biroq 1996 yilda qonunga özgartiriş kiritilib, öqituvçi va murabbiylar kuni 1 oktyabrga köçirilganini ta'kidlagan.

















