Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudida poytaxtdagi ijara uyda beş talaba vafot etişi böyiça iş körib çiqilib, sud hukmi öqilgan.
Toşkentning Yunusobod tumani «Firdavsiy» mahallasi Injobod köçasidagi xonadonda 27 fevral kuni soat taxminan 20:50 atrofida şu yerda ijara asosida yaşagan beş talabaning murdasi topilgandi. Ilk rasmiy ma'lumotlarda yigitlar «noma'lum moddadan ötkir zaharlaniş» oqibatida vafot etgani ta'kidlangan, biroq gap aynan qaysi modda haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagandi.
Is gazidan zaharlaniş oqibatida vafot etgan beş talabaning barçasi Andijon viloyatidan edi:

- Toşkent axborot texnologiyalari universiteti ikkinçi kurs talabasi Mavlonbek U. (2000 yilda tuğilgan, Andijon viloyati Buloqboşi tumanida yaşagan);
- Toşkent axborot texnologiyalari universiteti ikkinçi kurs talabasi Rahmatullo S. (1998 yilda tuğilgan, Andijon viloyati Buloqboşi tumanida yaşagan);
- Toşkent axborot texnologiyalari universiteti ikkinçi kurs talabasi Davronbek Ğ. (2000 yilda tuğilgan, Andijon viloyati Xöjaobod tumanida yaşagan);
- Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti ikkinçi kurs talabasi Oyatullo I. (2000 yilda tuğilgan, Andijon viloyati Buloqboşi tumanida yaşagan);
- Toşkentdagi Inha universiteti birinçi kurs talabasi Sardorbek H. (2000 yilda tuğilgan, Andijon viloyati Qörğontepa tumanida yaşagan).
Holat yuzasidan dastlab Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a» bandi (odam ölişiga sabab bölgan yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) alomatlari bilan iş oçilgandi, biroq keyinroq jinoyat işi Jinoyat kodeksining 102-modda 2-qismiga (ehtiyotsizlik orqasidan ikki va undan ortiq odam öldiriş) qayta malakalangan.
Uşbu iş böyiça Toşkent şahrida tuğilgan ayol (1964 yil tuğilgan) sudlangan. Sud qarorida aytilişiça, uşbu ayol olti nafar talaba bilan qonuniy ijara şartnomasi tuzmay, ularni odam hayoti uçun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan özining yaşaş uyining qöşimça qismini (tört xonali uyning uç xonasi) talabalarning ijarada yaşaşi uçun ajratgan.
















