Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida Gentra va Nexia maşinalari özaro töqnaşgan. Oqibatda, ikki nafar voyaga yetmagan qiz vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 18 sentabr kuni soat 17:20larda Şahrisabz tumani hududidan ötuvçi mahalliy ahamiyatga ega bölgan 4K-284 Çorşanba-Ommağon avtomobil yölining 1-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Lacetti maşinasi öz yönalişi böyiça harakatlanib ketayotgan Nexia-2 maşinasining yöliga çiqib ketib, u bilan töqnaşgan. Oqibatda, Nexia-2da yölovçi sifatida ketayotgan ikki nafar voyaga yetmagan qiz oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, mazkur yöl-transport hodisasi maktablardan birining oldida sodir bölgan. Lacetti haydovçisi maktab yaqinida tezlikni çeklovçi belgilar örnatilganiga qaramasdan yöl harakati qoidalarini buzgan holda katta tezlikda harakatlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Şahrisabz tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odamlar ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qaşqadaryoda sodir bölgan yöl-transport hodisasida ikki kişi vafot etdi

















