Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida MFY raislari tungi vaqtda majlisga çaqirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlar böyiça Mehnat vazirligi munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Yakkaboğ tumanida MFY raislarining tunda majlisga çaqirilgani böyiça Qaşqadaryo viloyati Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan örganiş ötkazilgan.

Örganiş davomida, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan holatga aloqador xodimlardan tuşuntiriş xatlari olinganda MFY raislariga rahbariyat tomonidan soliq yiğiş böyiça topşiriq bölmaganini hamda yiğiliş 17:30 da tugaganini bayon qilişgan.

«Yuqoridagilarga muvofiq, maqolada körsatib ötilgan vajlar öz tasdiğini topmadi. Şuningdek, iş beruvçilarga Mehnat kodeksining 7-, 157-moddasi talablariga rioya etiş yuzasidan tegişli körsatmalar va tuşuntirişlar berildi», deyiladi munosabatda.