Qidiruvda bölgan Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida yaşovçi ayol Rossiyada uşlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Şahrisabz tumani «Şakarteri» MFY, Temirçi qişloğida yaşovçi R.Z. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib qoçib ketgan. Şundan söng Şahrisabz tumani IIB tomonidan qidiruvga berilgan.

Qayd etilişiça, Qaşqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida R.Z. Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg şahri hududida qölga olingan.