Ahror Sodiqovning ma'lum qilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar töğri. Haqiqatan ham Xalq deputatlari viloyat Kengaşining joriy yil 2 noyabr kuni ötkazilgan navbatdagi sessiyasida bir qator qaror loyihalari tasdiqlangan.
Ular orasida Qarşi şahar hokimligi balansidagi sobiq harbiy gospital binosini Özbekiston ekologik partiyasi Qaşqadaryo viloyat kengaşiga moslab va viloyat hokimligi ma'muriy binosining taşqi fasadini kapital ta'mirlaşni nazarda tutuvçi qaror loyihalari ham bölgan.
Joriy yil 8 noyabr kuni viloyat hokimi «Özbekiston Ekologik partiyasi Qaşqadaryo viloyat kengaşi binosini kapital ta'mirlaş işlari bilan boğliq xarajatlarga mablağ ajratiş töğrisida»gi va «Viloyat hokimligi ikkinçi ma'muriy binosi fasadini kapital tamirlaş işlari bilan boğliq xarajatlarga mablağ ajratiş töğrisida»gi qarorlarni imzolagan.
Yuqoridagi qarorlar böyiça viloyat «Yagona buyurtmaçi xizmati injiniring» kompaniyasiga viloyat mahalliy budjetining 2021 yil III çorak daromadlar rejasining oşirib bajarilgan qismi hisobidan sobiq harbiy gospital binosini ta'mirlaş uçun 360 million söm, viloyat hokimligi ikkinçi ma'muriy binosi fasadini kapital ta'mirlaş uçun 215 million söm ajratiş belgilangan.
Qaşqadaryoda tuman va şaharlarda mablağ avval sarflanib, söng sessiyaga kiritilgani ma'lum qilindi
Qaşqadaryo viloyati hokimligi «Nasaf» va «Sevinç» futbol jamoalariga mahalliy budjetdan pul ajratdi
















