23 noyabr kuni Şayxontohur tumanida bölgan prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtda jinoyatçilik holatlari oşgani haqida gapirib, şahar IIBB boşliği hamda şahar prokurori faoliyatini tanqid ostiga oldi.

«Toşkentdagi jinoyatçilik böyiça vaziyatni men aytmay, sizlar eşitmang. Jinoyatçilar orasida «soliqçilar» paydo böldi hozir. Ular bozorlardan soliq undirişyapti, davlatdan alohida soliq oladigan guruhlar paydo bölgan. Men yer tagida ilon qimirlasa bilaman. Biz bundaylarni darhol jilovlaşimiz kerak, jilovlaymiz ham», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahar IIBB boşliği hamda şahar prokurori faoliyati yetarli bölmayotganini aytib, ularni keskin tanqid qildi. 

«Ularga bu lavozim jinoyatçilikning oldini oliş uçun berilgan. Biz ularni jilovlamasak, ular bizni jilovlaydi ayrim davlatlardagi kabi.

Jinoyatlarning 75 foizi yoşlar tomonidan sodir etilyapti. Jinoyatlarning, korrupsiyaning oldini oliş uçun mahalla bilan hamkorlikda işlaş kerak», deya ta'kidladi Mirziyoyev.

Ma'lumot uçun, Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasiga 2020 yildan buyon Aziz Toşpölatov rahbarlik qilmoqda.

Toşkent prokurori lavozimida 2021 yil fevralidan buyon Uluğbek Qosimov işlamoqda.

Şaharda törtinçi sektor rahbari esa yangi — Toşkent şahrining avvalgi boş soliqçisi Navoiy viloyatiga hokim bölib ketgaç, şu yilning 16 noyabrida Yunusjon Nasimjonov Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.