Siyosiy sohada erishilgan eng katta yutuq bu – O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolanishi bo‘ldi. Qozog‘iston - O‘zbekiston ittifoqchiligi nafaqat bu ikki davlat, balki mintaqadagi barqarorlik uchun ham juda muhimligi qayd etildi.

Ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyada aynan nimalar nazarda tutilgani hozircha ma’lum emas. Rasmiy relizda ushbu hujjatda qardosh xalqlarning hayotiy muhim va uzoq muddatli milliy manfaatlari, ko‘p qirrali sheriklik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsad qilingani aytilmoqda. 

Bundan tashqari, To‘qayev va Mirziyoyev strategik sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘iston Davlatlararo Oliy Kengashi, Parlamentlararo hamkorlik kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashini ta’sis etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston hozirga qadar faqat Rossiya Federatsiyasi bilan 2005 yil 14 noyabrda Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi, lekin ochiq manbalardan Qozog‘iston rasman ittifoqdosh bo‘lgan mamlakatlar soni borasida ma’lumotlar mavjud emas.

Shuningdek, tashrif avvalidan Qozog‘iston nashriga intervyu bergan Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda siyosiy muloqot va davlatlararo yaqinlashuv jarayonlari uchinchi davlatlar manfaatlariga qarshi qaratilmagani, balki ochiq va konstruktiv xarakterga egaligini bildirgandi.

Tashrifda erishilgan iqtisodiy sohadagi eng katta yutuq – O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollargacha oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani bo‘ldi. Bunday natijaga erishish uchun o‘zaro savdo aloqalari tez fursatda rivojlanishi va bojxona siyosati liberallashtirilishi talab etiladi. Bu o‘z navbatida ikki davlat tadbirkorlari uchun manfaatlidir.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrifda joriy yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining rekord daraja – 4 milliard dollarga yetishi kutilayotgani aytildi. Shuningdek, yaqin besh yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha Amaliy harakatlar rejasi