«Uşbu tarixiy voqea köp asrlik döstlik, ahil qöşniçilik, muştarak til, tarix va buyuk madaniy meros bilan özaro boğlangan turkiy xalqlar qardoşligining yorqin namunasidir.
Qozoğiston–Özbekiston ittifoqçilik munosabatlari, şubhasiz, prezidentlarning tarixiy qarori va ikki qardoş davlat siyosiy irodasi bölib, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlik makonini örnatişga qaratilgan.
Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi munosabatlarning bu yangi bosqiçi nafaqat ikki davlat örtasidagi har tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga, balki Turkiy davlatlar örtasidagi integratsiya va aloqalarni yanada kengaytirişga hissa qöşadi hamda butun Turkiy dunyo birligi va hamjihatligi yölida muhim qadam bölib xizmat qiladi», – deyiladi Bağdod Amreyevning rasmiy bayonotida.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 6 dekabr kuni Nur-sulton şahrida prezident Şavkat Mirziyoyev va Qosim-Jömart Töqayevlar Özbekiston va Qozoğiston örtasida ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi deklaratsiyaga imzo çekdi.
Hujjatda qardoş xalqlarning hayotiy muhim va uzoq muddatli milliy manfaatlari, köp qirrali şeriklik salohiyatini töliq röyobga çiqariş maqsadi öz ifodasini topgani ma’lum qilindi.
Ayni vaqtda Özbekiston va Qozoğiston Turkiy davlatlar taşkilotining tölaqonli a’zosi ham hisoblanadi.

















