Islomobodda Islom hamkorlik taşkilotining sammiti doirasida Özbekiston Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Tolibon Taşqi işlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqiy örtasida uçraşuv ötkazilgan. Unda Özbekiston tomoni 2022 yilning bahorida «Termiz–Mozori Şarif–Kobul–Peşovar» temir yöli qurilişini boşlaş va texnik işlar uçun bir qança afğonistonlik kadrlarni tayyorlaş majburiyatini olgan. Bu haqda The News International naşri xabar bermoqda.

Transafğon temir yölining uzunligi taxminan 573 kmni taşkil qiladi. Loyiha 4,8 milliard dollarga baholangan. Uşbu temir yöl Janubiy Osiyo davlatlarini Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boğlaşi közda tutilgan.

«Bu katta loyiha. Unda har bir davlat öz rolini öynaydi. Har bir davlatning quriliş loyihasini amalga oşiriş böyiça öz örni bor va mablağ ajratadi. Texnik masalalar hali tugallanmagan. Tez orada bizning delegatsiya bu işlarni muhokama qiliş uçun Özbekistonga taşrif buyuradi», — degan «Tolibon» hukumati moliya vaziri matbuot kotibi Ahmad Voil Haqmal.

Ma’lumot uçun, 2 fevral kuni Toşkent şahrida Özbekiston–Afğoniston–Pokiston örtasida «Mozori Şarif–Kobul–Peşovar» temir yölini quriş böyiça qöşma harakatlar rejasi («Yöl xaritasi») qabul qilingandi.

Ekspertlarning taxminlariga köra, yangi temir yölning qurilişi Özbekistondan Pokistonga yuklarni taşiş vaqtini 30-35 kundan 10-15 kungaça qisqartiradi. Şuningdek, transport xarajatlarini Rossiya va Pokiston örtasida 15-20 foizga, Markaziy Osiyo va Pokiston davlatlari örtasida esa 30-35 foizga kamaytirişi mumkin.

Şu bilan birga, Xalqaro moliya institutlari «Mozori Şarif–Kobul–Peşovar» temir yöli qurilişi loyihasini çuqur iqtisodiy-ilmiy tahlil qiliş kerakligini ta’kidlagan. Bu temir yöl yönalişining aksariyat qismi toğli hududlardan ötganligi bilan izohlanadi.

Avvalroq, joriy yilning 6-7 dekabr kunlari Toşkentda «Termiz–Mozori Şarif–Kobul–Peşovar» temir yöli liniyasini loyihalaş va quriş böyiça transport vazirliklari rahbarlari iştirokida uç tomonlama (Özbekiston, Afğoniston, Pokiston) va köp tomonlama (Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Afğoniston, Pokiston) muzokaralar bölib ötgani xabar qilingandi