Özbekistonda xizmat körsatgan san’at arbobi, professor Tursunali Qöziyev Madaniy meros agentligining direktor örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

Tursunali Qöziyev 1954 yil Surxondaryo viloyatida tuğilgan, grafik rassom, kandakor, foto san’ati ustasi. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1976) va Toşkent teatr va rassomlik san’ati institutini (1982) tugatgan.

Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Jarqörğon şahar boş rassomi, viloyat madaniyat fondi raisi, Respublika badiiy bilim yurti direktori lavozimlarida işlagan.

1995 yildan keyin Prezident devoni konsultanti, madaniyat işlari vazirining birinçi örinbosari, Özbekiston badiiy akademiyasi raisi sifatida işlagan.

2011—2013 yillar mobaynida madaniyat va sport işlari vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2013—2016 yillarda Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika kafedrasi professori bölgan.

Madaniy meros rahbarligiga tayinlanişdan oldin esa Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining örinbosari lavozimida işlagan.

Tursunali Qöziyev 5 noyabrda Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvçisi lavozimiga tayinlangandi. 16 dekabr kuni Şahriyor Nurulloyev agentlik direktori böldi.

Ma’lumot uçun, Madaniy meros agentligi 6 aprelda Turizm va sport vazirligi huzurida taşkil etilgan.