Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida sodir bölgan YTHda Farğona viloyatida yaşovçi fuqaro vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Ğallaorol tumani Mirzabuloq qişloği hududidan ötgan 1021-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Farğona viloyati Buvayda tumanida Qörğonça QFYda yaşovçi haydovçi Nexia maşinasi boşqaruvini yöqotgan. Maşina yöl çetidagi beton tösiqqa urilgan. Oqibatda mazkur maşina yölovçisi Farğona viloyati Boğdod tumanida yaşovçi fuqaro oğir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Ğallaorol tumani IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda holat yuzasidan suriştiruv ötkazilmoqda.
Jizzaxda maşina ikki öquvçini urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
















