Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida yer ostiga kömilgan kabellarni ekskavator yordamida kovlab olib, öğirlagan şaxslar uşlangan.

Ma’lum qilişiça, 2021 yil 17 dekabr kuni “Özneftgazaloqa” MÇJ Işlab-çiqariş texnologik aloqa boşqarmasi direktori Ğallaorol tumani IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 2021 yil 14 dekabr kuni Zirabuloq-Ğallaorol magistralida 34 million 965 ming sömlik 2 400 metr kabel noma’lum şaxslar tomonidan ekskavator yordamida qazib olinib, öğirlab ketilganini ma’lum qilgan va öğrilarga qonuniy çora körişni söragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, uşbu jinoyatni Zarbdor tumanida yaşovçi, 26 yoşli I.I. va Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida yaşovçi 35 yoşli A.A. özaro jinoiy til biriktirib, 2021 yil 12-16 dekabr kunlari sodir etgan.

Ular yerga kömilgan kabellarni kovlab olişda Hyundai mini ekskavatoridan foydalangan. I.I. va A.A.dan 37 metr kabel aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Ğallaorol tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.