Telegram kanallarida 14 yanvar kuni Toşkent metrosining Yunusobod yönalişidagi «Turkiston» bekatida yonğin sodir bölgani haqida videolavha tarqaldi. Videoda metro bekati atrofida bir neçta maxsus maşinalar töxtab turgani, öt uçiruvçilar şlanglarni metro stansiyasiga tortib olib ketişayotgani, bekatdan odamlar şoşib taşqariga çiqayotgani körinadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov yonğin sodir bölmagani, vagonlarning birida simlarning sodir bölgan qisqa tutaşuvidan söng xuddi yonğin bölgan vaqtdagidek quyuq tutun tarqalganini ma’lum qildi.

«Vagonlarning birida simlarning qisqa tutaşuvi yuz bergan. Şuning natijasida vagonga quyuq tutun kirgan, ammo yonğin sodir bölmagan. Hodisa joyiga zudlik bilan yonğin-qutqaruv otryadlari jalb etilgan.

Yuzaga kelgan holat sababi ma’lum bölgaç, tutun çiqişiga sabab bölgan muammo bartaraf etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek, metro bekati yongani yöq. Qolaversa, qisqa tutaşuv natijasida vagonda ham öt çiqmagan.

Qisqa tutaşuv röy bergan vaqtda xuddi yonğin bölgan vaqtdagidek quyuq tutun çiqadi. Odamlar şuning uçun yonğin çiqdi deb öylaşgan. Hodisa natijasida qurbonlar yoki jabrlanganlar yöq. Ayni paytda metro bekatida poyezdlar belgilangan grafik asosida yölovçilarga xizmat körsatişni davom ettirmoqda», degan u.

FVV vakili Kun.uz’ga bergan izohida yonğin çiqmagan joyga 4ta yonğin-qutqaruv brigadasi jalb etilganini, yonğin çiqmagani keyinroq ma’lum bölgani va metro köp odam töplanadigan obekt bölganini hisobga olib, fuqarolarning hayoti va soğligini himoyalaş maqsadida bir neçta brigada bir vaqtning özida hodisa oqibatlarini bartaraf etişga yuborilganini aytdi.

Avvalroq, 23 dekabr kuni «Kosmonavtlar» metro bekatida vagonlardan biri tutab ketgan, poyezd texnik körikdan ötkaziş uçun depoga yuborilgandi.

2021 yil mobaynida metroda juda köplab köngilsizliklar kuzatilgan, bu esa ilgari eng xavfsiz transport turi deya e’tirof etiladigan metropolitenning faoliyatini taşkil etiş böyiça qator savollarni tuğdirgandi.