Insoniyat doimiy ravişda iş unumdorligini oşiriş, parallel ravişda dam oliş kunlarini köpaytiriş uçun harakat qilib keladi. Avval bir kunlik, keyin ikki kunlik dam oliş joriy etilgan bölsa, allaqaçon 4 kunlik iş haftasi ustida ham eksperimentlar ötkazila boşlandi.

Masalan, 2018 yilda Yangi Zelandiyaning Perpetual Guardian kompaniyasida xodimlar iş haqi kamaytirilmagan holda beş kun örniga tört kun işlaşgan va natija a’lo bölgan: xodimlarda hayotdan umumiy qoniqiş yanada ösgan. Bandlik hissi pasayib, zöriqiş darajasi 45 foizdan 38 foizga tuşgan.

2019 yilda Microsoft korporatsiyasining Yaponiyadagi filiali xodimlariga bir oy davomida juma kunlari işlamaslikka imkon berganidan söng tört kunlik iş haftasi kompaniyaning iş unumdorligini oşiradi, degan xulosaga kelgan.

Oxirgi paytlarda esa davlatlar miqyosida 4 kunlik iş haftasiga ötiş ustida işlanyapti. Oxirgi paytlarda Ispaniya, Belgiya va AQŞda iş vaqtini qisqartiriş böyiça rejalar amalga oşirilayotgani e’lon qilindi.

4 kunlik iş haftasi nima degani?

Bunda iş soati örtaça 40 soatlik me’yordan 32 soatga tuşiriladi. Lekin bu xodimga tölanadigan maoş va işxonaning umumiy foydasi pasayişiga xizmat qilmaydigan qilib amalga oşirilişi kerak. 4 kunlik iş haftasi böyiça qilingan tahlillar xodimlar köproq soat işlaşi qaytaga ularning samaradorligi tuşib ketişiga sabab bölişini aniqlamoqda.

Xodimlarga 3 kunlik dam oliş jumadan yakşanbagaça berilişi mumkin yoki iş şaroitiga qarab haftaning istalgan bir kunida ta’til berilişini amalga oşiriş mumkin.

Iş haftasi qisqarişi: tarixga nazar

Iş haftasini qisqartiriş harakatlari öziga xos tarixga ega.