Özbekistonda omikron ştammining yaşirin davri qisqaligini inobatga olib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan muloqotda bölgan şaxslarning karantin muddati 14 kundan 7 kungaça qisqartiriladi. SSV xabariga köra, maxsus komissiya xalqaro tajribadan kelib çiqib şunday qaror qabul qilgan.

Şuningdek, ayrim davlatlardan Özbekistonga kirib keluvçi yölovçilarni karantinga joylaştiriş tartibi bekor qilinayotgani haqida xabar berildi.

Ma’lum qilinişiça, Özbekistonga koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining 2021 yil 30 noyabrdagi 90-son bayonining ayrim-bandlarida belgilangan quyidagi çeklov va talablar bekor qilinmoqda:

  • Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Hongkongdan xalqaro aviaqatnovlarni (kiriş, çiqiş va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kiriş) töxtatiş;
  • mazkur davlatlarda sönggi 14 kun davomida bölgan uçinçi davlat fuqarolarini Özbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaslik;
  • Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Çexiya va Misr davlatlari hududidan Özbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvçi yölovçilarning Özbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan kundan e’tiboran 10 kun davomida majburiy uy karantini yoki ularni öz hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylaştiriş tartibi bekor qilinmoqda.

Eslatib ötamiz, 2021 yil 1 dekabrdan Yevropaning sakkiz davlati, şuningdek, Avstraliya, Isroil va Misrdan kirib keluvçilar uçun 10 kunlik majburiy karantin joriy etilgandi.