Özbekistonda 2021 yil 16 apreldan «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi qonunning 27-1 moddasi talabi bilan xorijiy internet platformalariga özbekistonliklarning şaxsiy ma’lumotlari saqlanadigan serverlarini olib keliş talabi qöyilgan edi. Hozirça birorta platforma bu talabni bajarmadi, buning ortidan Özbekistonda bir qança ijtimoiy tarmoqlarga kiriş çeklab qöyildi.

Yaqinda Kun.uz bilan suhbatlaşgan AKT vaziri Şerzod Şermatov bu yerda asosiy masala serverlarni olib kelişda emasligini bildirdi. Şermatovga köra, xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilgan huquqbuzarlikni vaqtida aniqlaş uçun uşbu platformalar Özbekistondagi huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikni yölga qöyişi kerak.

«Biz qaysi davlat modelida ketamiz deganda, umumiy strategiyani kelişib olişimiz kerak. Şimoliy Koreyami yoki boşqami…

Bu savol oğir savol, menga qolsa BAAning yöli yoqadi. Çunki internet va boşqa hamma şaroitlari biznes uçun yaratilgan. Lekin Facebook'da yoki boşqa tarmoqda kimdir noqonuniy iş qilsa, politsiya darrov uni topadi hamda unga çora köradi yoki Dubaydan çiqarib yuboradi. U yer parlamentar, demokratik davlat emas, monarxiya. Şundoq bölsa ham heç kim monarxiya ekan, demokratiya yöq ekan deb, töpolon qilib çiqmayapti. Lekin biznes va odam uçun hamma şaroitlar bor. Bizning qança tadbirkorlar ham u yoqqa borib yaşayotganini körgansiz.

Aytmoqçi bölganim, biznes uçun va odamlar yaşaşi uçun hamma şaroitni qilib berişimiz kerak, bu aniq narsa. Lekin, kimda-kim noqonuniy harakat qiladigan bölsa yoki konstitutsion tuzumga qarşi harakat qiladigan bölsa, uni topiş va jazolaş imkoniyati bölişi kerak. Tuşunyapsizmi? Nimaga ularda (BAA hukumatida) [bunaqa imkoniyat] bor, bizda yöq?

Xuddi şuni örganib, sekin-sekin katta ijtimoiy tarmoqlar bilan muloqot olib borib, şunga kelişişimiz kerak. Çunki, hozirda qöşnilarimizda bölayotgan voqealarni özi bunga yanada e’tibor qaratadi… Masalan, terroristik guruhlarni özaro koordinatsiya qiliş faoliyati bölsayu, huquqni muhofaza qiluvçi organ uni topolmasa. Bu nima degan gap? [Topolmasligining] sababi öşa kripto qilingan ijtimoiy tarmoqda bunga imkoniyat bölmasa. Yoki Özbekiston juda köp millat va din vakillari yaşaydigan davlat. Bu yerda millatlararo nizo qözğatiş juda oson. Mana Qirğizistondagi voqealar misol.