4 fevral kuni Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 72-IDUM (ixtisoslaştirilgan davlat umumta’lim maktabi)da 300 nafardan ortiq ota-onadan taşqari tumandagi boşqa ta’lim muassasalari vakillari iştirokida yiğiliş ötkazilgan. Boşqa maktablar vakillariga uzr söraş majlisi namuna sifatida körsatilib, ularning maktablarida ham şunday tadbirlar ötkazilişi aytilgan.

Kun.uz manbasiga köra, bunday yiğilişlar ötkazilişi böyiça topşiriqni tuman hokimi bergan. Topşiriq ijrosini ta’minlaş hokimning yoşlar masalalari böyiça örinbosari Muxtorjon Qurbonov va tuman xalq ta’limi bölimi mudiri Aliyaxon Abduvohidova zimmasiga yuklatilgan. Ustozlarning ta’kidlaşiça, ular qarşilik qilişiga qaramasdan sözga çiqiş va ota-onalardan uzr söraş qat’iyan talab qilingan.

«Kerak bölsa közyoş tökişimiz haqida ham aytişdi. Ayrim ustozlar çidab tura olmadi. Öttiz yildan buyon öquvçilarga ta’lim berayotgan ustozlar ham tik turişga majburlandi. Hammasi ssenariy böyiça böldi. Qaysi sözni aytişimiz, qaçon sahnaga çiqişimiz - hammasi oldindan rejalaştirilgan edi», – deydi tadbirda iştirok etgan öqituvçilardan biri.

Avvaliga alohida ssenariy asosida tayyorgarlik körilgan tadbirni bir kun oldin, 3 fevral kuni repetitsiya qiliş ham kelişib olingan. Ammo ayrim sabablarga köra tayyorgarlik köriş, sözga çiqqanlarning ma’ruzalarini tinglaş 4 fevral kuni ertalab amalga oşirilgan.

Marhamat tumani hokimi örinbosari Muxtorjon Qurbonov

Marhamat tumani hokimi Bobur Yöldoşev iştirok etişi közda tutilgan yiğilişni uning örinbosari va tuman xalq ta’limi bölimi mudirasi avvaldan tayyorlangan ssenariy asosida taşkil etişgan.

Maktab direktori Muqaddamxon Hasanovaning ta’kidlaşiça, u dastlab bu majlisga qarşi çiqqan. Biroq tuman hokimi örinbosarining iltimosiga binoan ötkazişga rozi bölgan.

Maktab direktori Muqaddamxon Hasanova

U majlisda maktabdagi sönggi uç yillik faoliyat böyiça hisobot bergan. Hisobotning tanqidiy qismi boşlangan paytda maktab öqituvçilari zalga olib kirilgan va qator qilib turişlari aytilgan. Direktor ma’ruzasidan söng, oldindan tayyorlangan öqituvçilar öz fanini yaxşi öqita olmayotgani uçun uzr söraşgan.