Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida viloyat faollari yiğilişi bölib ötmoqda.
Prezident matbuot kotibining xabar qilişiça, öta tanqidiy ruhda ötayotgan yiğilişda davlat rahbari viloyatdagi sektorlar va tegişli mutasaddilar juda sust işlayotganini körsatib ötdi.
Faoliyatida jiddiy xato va kamçiliklarga yöl qöygani uçun Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov va Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zairov işdan olingan.
Samarqand viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari bölgan Nosir Mavlonov 2019 yil yozida Samarqand tumani hokimligiga tayinlangandi.

Muqaddam oliy ta’lim vazirligida işlagan Faxriddin Zoirov esa 2017 yil yozidan buyon Nurobod tumaniga rahbarlik qilib kelgan.

Oqdaryo tumani prokurori D.Kubayev, Samarqand şahri IIB boşliği Jamşid Qodirov (2019 yil yanvar), Samarqand tumani IIB boşliği Farrux Gafarov (2021 yil avgust) va Oqdaryo tumani IIB boşliği Bahodir Ibragimov (2019 yil mart) ham işdan olingan.
Şuningdek, Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boşliqlari A.Almazov va M.Ergaşev hamda viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Ğ.Mamatqulov ham lavozimlarini tark etgan.













