Avvalroq Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakat taraqqiyotining yangi bosqiçida hokimiyat boşqaruviga yöl yoş rahbarlarga berilişi kerakligini ta’kidlagan edi. Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bölib ötişi kerak edi.

«Interfaks» xabariga köra, Turkmanistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 12 mart kuni ötkazilişi rejalaştirilgan.

Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov «özi haqida qiyin qaror» qabul qilganini e’lon qildi va mamlakat taraqqiyotining yangi bosqiçida yoş yetakçilarga yöl beriş kerakligini ta’kidladi.

Keyinroq u MSKga navbatdan taşqari prezidentlik saylovlarini ötkazişga tayyorgarlik körişni boşlaş vazifasini topşirdi.

Amaldagi prezident 2017 yil 12 fevralda bölib ötgan saylovda davlat rahbari lavozimiga saylangan. Öşanda unga saylovçilarning 97,69 foizi ovoz berdi. Jami esa 3 million 163 ming 692 nafar saylovçi ovoz berişda qatnaşgan.

Davlat rahbari saylovi muqobillik asosida ötkazildi, davlatdagi oliy lavozimga töqqiz nafar nomzod da’vogarlik qildi.

Turkmaniston Konstitutsiyasiga köra, prezident 7 yil muddatga saylanadi. Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bölib ötişi kerak edi. 

11 fevral kuni Aşxobodda Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi.

Yiğiliş yakunida, 2022-2052 yillarda davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş milliy dasturi qabul qilingandan söng, prezident Gurbanguli Berdimuhammedov söz oldi. U bundan roppa-rosa 15 yil avval prezident etib saylanganini qayd etib, çarçaganiga işora qildi.

Yanvar oyi boşida navbatdan taşqari sessiya ötkazilişi e’lon qilinganidan beri, qöşni Qozoğistonda tartibsizliklar davom etar ekan, köpçilik 64 yoşli Berdimuhammedov özi raislik qilayotgan parlament yuqori palatasi vakolatlaridan foydalangan holda hokimiyatni öz öğli Sardor Berdimuhammedovga ötişiga yöl oçuvçi qarorlar qabul qiliş niyatida ekanini kutgan edi.

Ötgan yilning sentyabrida 40 yoşga tölgan Sardor Berdimuhammedov endi konstitutsiyaga köra eng yuqori davlat lavozimiga da’vogarlik qiliş huquqiga ega. Bundan roppa-rosa bir yil avval, 2021 yilning 11 fevralida otasi uni boş vazir örinbosari va hukumatdagi boşqa bir qator muhim lavozimlarga tayinlaganidan söng, Sardorning siyosiy karerasida jiddiy ösiş kuzatildi.