Endi özingizga tegişli yerni xususiylaştirişingiz mumkin: qanday qilib va qança tölaysiz?
|15:25 / 19.02.2022213 57310 min
Özbekistonda yer xususiy mulkka aylanmoqda. Jismoniy va yuridik şaxslar özlariga tegişli (qişloq xöjaligiga möljallanmagan) yer uçastkalarini xususiylaştirişi mumkin böldi. Bu borada tegişli qonun va hukumat qarori kuçga kirdi.
Foto: Google PhotosFoto: Google Photos
Xöş, aholi öziga tegişli yerlarni qanday xususiylaştiradi, bu nima uçun muhim, xususiylaştiriş tölovi qançaga tuşadi? Kun.uz uşbu savollarga Geodeziya-kartografiya sohasida metodologiya boşqarmasi boşliği Behzod Nişonov bergan javoblarni taqdim etadi.
Fuqarolar özlariga tegişli hovli-uylar (köp qavatli uylar bundan mustasno) joylaşgan yer uçastkasini qanday xususiylaştiradi?
Bugungi kungaça yer uçastkalarini tadbirkorlik faoliyati uçun beriş, ya’ni auksion orqali sotiş amaliyoti mavjud edi.
Vazirlar Mahkamasining 14 fevraldagi 71-sonli qarori bilan, “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi qonun asosida 3ta tartib işlab çiqildi:
Jismoniy va yuridik şaxslarning özlariga tegişli bölgan yer uçastkalarini xususiylaştiriş tartibi;
tadbirkorlik faoliyati uçun yer uçastkalarini auksionga qöyiş;
yakka tartibdagi uy-joylarning yer uçastkalarini mulk huquqi asosida sotib oliş.
Fuqarolarimizda yakka tartibdagi uy-joy, yuridik şaxslarda esa noturar bino-inşootlar mavjud. Ular özlariga tegişli köçmas mulkning yer uçastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş orqali xususiylaştirib olişi mumkin böladi (agar bino kadastrdan ötmagan bölsa, yerni xususiylaştiriş mumkin bölmaydi).
Behzod Nişonov / Foto: Kun.uz
Bugungi kunda fuqarolarga tegişli uy-joylar joylaşgan yer uçastkalari, meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qiliş huquqidagi yerlar, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanadigan noturar joy obektlarining yer uçastkalariga doimiy foydalaniş huquqi berilar edi. Ya’ni bino özingizga tegişli bölsa ham, uning yeri sizga tegişli emas edi.
Mana şu yer uçastkalarini xususiylaştiriş uçun endi jismoniy va yuridik şaxslar Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga yoki Yagona davlat interaktiv portali (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilişi mumkin. Ariza Kadastr agentligi va Quriliş bölimlariga yönaltiriladi. Kadastr bölimlari öz navbatida uşbu yer uçastkasi ariza bergan fuqaroning nomiga rasmiylaştirilganmi yoki yöqmi, ya’ni röyxatdan ötkazilganini tekşiradi. Öşa yer uçastkasi özgarmagani, yer uçastkasi bugungi kunda ham reyestrda mavjudligi haqidagi ma’lumotlarga töliq mos kelişi, taqiq va çeklovlar mavjud emasligi – xususiylaştirişga monelik qilmaydigan barça tomonlar tekşirib çiqiladi.
Mavzuga oid
Ikkinçi tomondan, quriliş bölimlari yer uçastkasi hududi şaharsozlik me’yorlariga mos kelişi, xususiylaştiriş uçun mumkinligini örganadi. Barça tekşiruvlardan ötgandan keyin fuqaroga tölovni amalga oşiriş, ya’ni xususiylaştiriş haqida xabarnoma yuboriladi. Xabarnoma orqali xususiylaştiriş uçun tölovni amalga oşiradi.
Yerni xususiylaştiriş uçun qança mablağ tölanadi?
Barçamiz yer uçastkasiga yer soliği tölaymiz. Mulkdorlar, yerdan foydalanuvçilar uçun xususiylaştiriş tölovi mazkur yer uçastkasi uçun hisoblangan yer soliği miqdorining 20 barobari deb belgilangan.
Masalan: agar fuqaro bitta hovliga bir yilda 200 ming söm soliq tölaydigan bölsa, (bunda mol-mulk soliği qöşib hisoblanmaydi, aynan yer uçastkasiga tölanadigan soliqqa nisbatan hisoblanadi), xususiylaştiriş uçun 4 mln söm tölov amalga oşiriladi. Mana şu tölov amalga oşirilgandan keyin ma’lumotlar billing tizimida hisobga olinib, davlat organlari tomonidan öşa yer uçastkasiga bölgan davlat orderi beriladi. Mazkur order asosida kadastr organlari yer uçastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat röyxatidan ötkazadi.
Har bir jismoniy va yuridik şaxs öziga tegişli bölgan yer uçastkasini faqat özi sotib olişi mumkin. Bu auksionga qöyilmaydi va boşqa odam sotib olişi yoki boşqa odamga ötib ketişi mumkin emas.
Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun yer uçastkalari esa auksion savdolari orqali şaffof tarzda sotib olinadi.
Yer uçastkasini xususiylaştiriş mutlaqo ixtiyoriy: lekin bundan fuqaroga nima foyda?
Birinçidan, yerga bölgan mulk huquqiga ega bölasiz.
Deylik, “hovlimning bir qismini öğlimga hadya qilmoqçiman yoki kimgadir bermoqçiman, yarmini sotmoqçiman”, deysiz. Yer uçastkasiga bölgan mulk huquqi yer uçastkasini qismlarga bölib sotiş imkonini beradi. Qançasini kimga sotişi mulkdorning xohişi, yer – öziniki.
Ikkinçidan, yerni sizdan davlat olib qöya olmaydi, faqat sotib olişi mumkin.
Qonunçilikda davlatga tegişli yerlar yoki boşqa şaxslar foydalanişida bölgan yerlar olib qöyilişi nazarda tutiladi. Mulk huquqidan boşqa 5ta huquqqa tegişli bölgan yer uçastkalari olib qöyilişi mumkin. Siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olişingiz bilan (xususiylaştiriş orqali) davlat şunçaki sizga tegişli bölgan yerni olib qöya olmaydi.
Agar yer uçastkasi davlatga kerak bölsa, sizdan bozor narxida, şartnoma asosida sotib olişi mumkin. Sizdan davlat yeringizni kelişilgan narxda sotib olsagina, yer davlatga ötadi. Yer “snos”ga tuşib ketmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanişi.
Davlatga yer kerak, baribir olib qöyadi, men sotişga rozi bölmasam ham, şundaymi?
Yer kodeksida yer bu davlat mulki degan narsa yöq, yer – umummilliy mulk deyiladi.
Çet elda ham yer uçastkangiz 100 million söm turadigan bölsa, sizga şunday taklif beriladiki, siz unga rozi bölasiz, siz rozi bölsangiz, şartnoma asosida sotib oladi.
Turkiyada ham şunday holat bölgan. Aeroport qurilayotganda davlat bir boboning yerini sotib ololmagan. Butun loyiha bir neça yilga keçikib ketgan. Bunga köplab misollar keltiriş mumkin. Siz xohlasangiz, yeringizni sotasiz.
Uçinçidan, yeringizni erkin qöşiş, taqsimlaş va ajratiş huquqiga ega bölasiz.
Qonunçilikda şu kungaça mulk huquqi yer uçastkasiga nisbatan bölmagan. Yer uçastkalarini qöşib yuboriş, ajratiş va qayta taqsimlaş mexanizmlari bor. Şu mexanizmlar yer uçastkasiga mulk huquqi bölgandagina işlaydi. Bu Özbekiston şaroitida yangi narsa bölgani uçun buning samarasi 1-2 kunda körinmaydi. Buning uçun ma’lum hududda yer uçastkalariga bölgan mulk huquqi köpaysa, mexanizmlar effektini köramiz.
Oddiy misol, çet elda şunaqa holatlar bor, bir hududda 20ta yer uçastkasi bor, umumiy narxi 1 mln dollar. Şaharsozlik ehtiyojlariga qarab 20ta yer uçastkasi egalari kelişib, yer uçastkasini qayta taqsimlaş hisobiga yer narxini 3-4 barobar qimmatga oşirişi mumkin. Bunda umumiy narx 3-4 millionga yetadi. Buni endi aholi tiğiz joylarda köriş mumkin.
Törtinçidan, yerdan garov sifatida foydalaniş imkoniyati
Yerga nisbatan mulk huquqini olganingizdan keyin undan garov obekti sifatida ham foydalaniş mumkin. Yerni mulk sifatida bankka garovga qöyib ipoteka oliş imkoniyati ham yuzaga keladi.
Qanday yerlarni xususiylaştiriş mumkinligi va mumkin emasligi “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi qonunda keltirib ötilgan.
Xususiylaştiriş mumkin bölgan yerlar:
yuridik şaxslarga tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun berilgan yer uçastkalari;
Özbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy quriş va uy-joyni obodonlaştiriş, şuningdek tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun berilgan yer uçastkalari;
xususiylaştirilişi lozim bölgan davlat köçmas mulk obektlari joylaşgan yer uçastkalari;
böş turgan yer uçastkalari.
Quyidagi yer uçastkalari xususiylaştirilmaydi:
foydali qazilma konlari, qonunçilikka muvofiq xususiylaştirilmaydigan davlat mulki obektlari joylaşgan yer uçastkalari;
tabiatni muhofaza qiliş, soğlomlaştiriş, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uçun möljallangan yerlar tarkibiga kiruvçi yer uçastkalari, şuningdek örmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obektlarining muhofaza zonalari, şaharlar va şaharçalarning umumiy foydalanişdagi yerlari (maydonlar, köçalar, tor köçalar, yöllar, sohil böylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat boğlari);
xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanişga duçor bölgan yer uçastkalari;
qonunçilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar iştirokçilariga taqdim etilgan yer uçastkalari – maxsus iqtisodiy zona faoliyat körsatadigan davrda;
köp kvartirali uylar joylaşgan, şuningdek köp kvartirali uylarga tutaş yer uçastkalari;
davlat-xususiy şeriklik loyihalarini, ijtimoiy şeriklik töğrisidagi kelişuvlar va şartnomalarni amalga oşiriş uçun berilgan, şuningdek yuridik şaxslarga davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun berilgan yer uçastkalari.
Yer uçastkalari quyidagi şakllarda xususiylaştiriladi:
umrbod egalik qiliş huquqi asosida tegişli bölgan yerni sotib oliş;
yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib oliş.
Quyidagi holatlarda xususiylaştirilgan yerni mulkdordan olib qöyiş mumkin:
yerga ijro hujjatlari böyiça undiruv qaratilganda;
yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);
yer musodara qilinganda;
yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).
Xususiylaştirişdan tuşadigan mablağlar Davlat budjetiga yönaltiriladi. Yer uçastkalarini xususiylaştirişda fuqarolik qonunçiligida nazarda tutilgan tartibda özganing yer uçastkasidan çeklangan tarzda foydalaniş (servitut) huquqi belgilanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 1 fevral kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi “Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisida”gi qonun loyihasini qabul qildi.
Qonun Senatda ma’qullanib, prezident tomonidan imzolangaç kuçga kiradi. Hozirda hukumat qarori bilan tartibga solib kelinayotgan köplab nizoli masalalar mazkur qonun kuçga kirganidan keyin barham topişiga umid bildirilmoqda.