Bu tartib prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 21 fevral kuni imzolangan «Avtotransport vositalarining içki bozorini rivojlantirişni rağbatlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorda aks etgan.
Kun.uz'ga rasman taqdim etilgan qarorga asosan, Özbekistonga avtomobillar import qilişda bojxona bojlari ikki bosqiçda pasaytiriladi. Qaror imzolangan paytdan e’tiboran boj stavkalari 30 foizdan 15 foizga tuşirildi, şuningdek avtomobil dvigateli quvvatining har bir kub sm uçun belgilangan qöşimça koeffitsiyentlar ham örtaça ikki barobar va undan köproqqa kamaytirildi.
2023 yil 1 yanvardan boşlab, avtomobil dvigateli quvvatiga boğlangan qöşimça koeffitsiyentlar yana bir bor ikki va undan köproqqa kamaytiriladi; şu bilan birga, 15 foizlik asosiy boj stavkasi özgarişsiz qoladi.
Bojxona bojlarining pasaytirilişi faqat yangi (işlab çiqarilgan sanasidan Özbekiston bojxona çegarasini kesib ötgan kungaça 1 yildan ortiq vaqt ötmagan) avtotransport vositalarigagina taalluqli.
Işlab çiqarilganiga 1 yildan 3 yilgaça bölgan avtomobillar importi uçun avvalgidek 30 foizlik bojxona boji va qöşimça koeffitsiyent (har bir kub sm uçun 3 dollardan) hisoblanadi. Işlab çiqarilganiga 3 yildan oşgan avtomobillar uçun 40 foizlik boj va qöşimça koeffitsiyentlar avvalgidek amal qilaveradi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni avtomobilsozlik sohasi böyiça yiğiliş ötkazib, unda bojlarni ikki barobarga pasaytiriş topşiriğini bergan edi.
«Sekin-sekin bojxona tölovlari nol bölişi kerak. Raqobat bölişi kerak, arzon va sifatli [avtomobillar bölişi uçun]», — degan edi davlat rahbari.
Bojxona bojining 2 barobarga qisqarişi import avtomobillar narxiga qanday ta’sir qiladi?

















