Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan yiğilişda avtomobil sanoatiga bağişlangan topşiriq va vazifalar berildi.

Prezident matbuot kotibi xabar qilişiça, yiğilişda oşib borayotgan içki talabni qondiriş maqsadida birinçi yarim yillikda kamida 160 mingta avtomobil işlab çiqariş lozimligi ta’kidlangan.

Yil yakuniga qadar 275 mingta avtomobil işlab çiqariş uçun zarur butlovçi qismlarni öz vaqtida yetkazib beriş böyiça nazorat örnatiş topşirilgan.

«Şu bilan birga, aholimiz avtomobil bozorida takliflarni keskin oşiriş böyiça amaliy natijalarni hozir kutmoqda», deydi Şavkat Mirziyoyev.

Vazirlar Mahkamasiga uç kun muddatda import avtomobillari uçun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytiriş böyiça qaror loyihasini kiritişga topşiriq berilgan.

Soha rahbarlariga 2022 yilda:

  • tannarxni kamida 5 foizga kamaytiriş, 100 million dollarlik import örnini bosiş;
  • 23 loyiha doirasida 600 turdagi butlovçi qismlarni özlaştirib, mahalliylaştirişni 48 foizdan 56 foizga oşiriş;
  • 336 million dollarlik investitsiyalarni özlaştirib, 3 ta loyihani (Tracker, Onix va yangi dvigatellar işlab çiqariş) işga tuşiriş lozimligi körsatildi.

Ma’lumot uçun, bugungi kunda import avtomobillarga (dvigatel hajmi 3000 sm3 avtomobillar uçun) eng yuqori boj stavkalari örnatilgan:

  • dvigatel hajmi 1000 sm3.gaça bölgan avtolar uçun 30 foiz+ har kub sm uçun 1,80 dollar;
  • dvigatel hajmi 1001-1500 sm3.gaça bölgan avtolar uçun 30 foiz+ har kub sm uçun 2 dollar;
  • dvigatel hajmi 1501-3000 sm3.gaça bölgan avtolar uçun 30 foiz+ har kub sm uçun 2,5 dollar.

Bundan oldinroq Özbekistonda avtomobil uçun oldindan tölov miqdori 85 foizdan 50 foizgaça pasayişi, şuningdek navbatlar muammosi bartaraf etilişi töğrisida xabar qilingandi.