“Yöl transport hodisasi natijasidagi ölim degan indikator bor. Davlat statistika qömitasi va Içki işlar vazirligining mana şu indikator böyiça körsatkiçlari bir-biridan farq qilmoqda. IIV YTH oqibatida ölim holatlari 23 foizga ortgan, deyapti.

Davlat statistika qömitasi ma’lumotida uşbu ölim holatlari 2019 yilda 6,2 foizni taşkil etgan bölsa,  2020 yilda bu körsatkiç 5,7 foizgaça kamaygan deyilyapti. Nima uçun statistik ma’lumotlarda bunaqangi nomutanosibliklar mavjud?” deya Tanzila Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat statistika qömitasi raisining iqtisodiy statistika böyiça örinbosari A’zam Ikromov yöl-transport hodisalari va ular natijasida yuzaga keladigan ölim holatlari haqidagi statistika rasmiy ma’lumotlardan olinişini ta’kidlagan.

A’zam Ikromov, Davlat statistika qömitasi raisi örinbosari. Foto: Kun.uz

“Ikkita vazirlik kelişib olinglar. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti körsatkiçlarni Statistika qömitasidan oladi. Şunga asosan, ular öz hisobotlarida Özbekistonda YTH oqibatidagi ölim körsatkiçlari pasayib boryapti, deb körsatadi. Statistik ma’lumotlar böyiça doim qiynalamiz. Çunki bizning statistik ma’lumotlar hali xalqaro standartlar darajasiga yetişiga ança bor. Töğri, bu borada katta işlar qilinyapti, buni inkor qilmoqçi emasmiz. Vaziyat töğri baholanişi uçun ma’lumotlarni kelişib olişinglar kerak. Xalqaro normalarga muvofiqlaştiriş kerak. IIV ham bitta standart böyiça hisoblasin, qömita ham. Ma’lumot ikki xil bölişi kerak emas”, deya ta’kidlagan Senat raisi.

Davlat statistika qömitasi raisining matbuot kotibi Usmon Abdurasulovning ta’kidlaşiça, ma’lumotlar ikki xil emas, bir xil. U, qömita sohalar böyiça statistik körsatkiçlarni hisoblaşda rasmiy idoralar, bu örinda IIV tomonidan beriladigan rasmiy ma’lumotlarga asoslanişini, Senat raisiga turli yillardagi hisobot topşirilgani tuşunmovçilikka sabab bölganini aytmoqda.

“2020 yil ommaviy lokdaun bölgani hisobiga mamlakatimizda yöl-transport hodisalari soni ham, ular bilan boğliq ölim körsatkiçlari ham 2019 yildagiga nisbatan kamaygan. Bu, albatta, statistik körsatkiçlarda ham aks etgan. Senatda bölib ötgan yiğilişda IIV tomonidan 2021 yilga oid ma’lumotlar taqdim etilgan. Hali vazirlik bu ma’lumotlarni bizga taqdim etgani yöq.