Joriy yilning 14 martida "Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan şaxsga, şuningdek unga hamrohlik qiluvçi şaxsga xorijiy davlatda ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti ötkazilganda xorijga çiqiş uçun biometrik pasportini berganlik uçun davlat boji undirilmaydi.
 
ID-karta berganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 89 foizi miqdorida boj undiriladi, xorijga çiqiş uçun biometrik pasportni berganlik uçun esa bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari miqdorida undiriladi (ilgari bazaviy hisoblaş miqdorining 1,2 baravari edi).

Bundan oldin prezidentning “Özbekiston fuqarolariga xorijga çiqiş biometrik pasportini berişga doir davlat xizmati körsatiş tartibini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilingandi.

Loyiha xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş va beriş xizmatini Davlat xizmatlari markazlari hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatiş tartibini belgilaydi.

Özbekiston fuqarolarining xorijga çiqiş tartibi töğrisidagi nizom tegişli qismlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş va beriş böyiça davlat xizmatini körsatiş tartibini nazarda tutuvçi yangi tahrirdagi bob bilan töldirilmoqda.