Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqçi bölgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departament hamda DXXning Navoiy viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. öziga ijara şartnomasiga asosan Tomdi davlat örmon xöjaligi hududidan ajratilgan, çorvaçilikka möljallangan 200 gektar yaylovni fuqaro A.T.ga 250 mln sömga sotgan vaqtida uşlangan.

Departamentning Bandixon tuman bölimi va DXXning Surxondaryo viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda esa Jarqörğon tumani irrigatsiya bölimi xodimi X.A. fuqaro U.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 15 sotix yer maydonini 60 mln sömga sotgan vaqtida qölga olingan.

Yer sotiş bilan boğliq yana bir jinoyat Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanida sodir etilgan. Fuqaro U.E. “B.V.” xususiy korxonasi rahbari B.ga özini tuman hokimligi xodimi sifatida taniştirib, unga auksion savdolarisiz tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun sanoat zonasidan 5 sotix yer maydonini 1 200 AQŞ dollari evaziga olib berişni va’da qilgan. U kelişilgan puldan 500 AQŞ dollari olayotganda departament hamda DXXning Şörçi tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Ohangaron tumani hokimligi xodimi 20 ming dollar bilan uşlandi

















