Quriliş boşlangani haqidagi xabarni qator OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar Pokistonning The News International naşriga tayangan holda tarqatdi.

“Ötgan haftada Özbekiston transafğon temir yöli qurilişini boşladi. Umumiy qiymati 5 milliard dollarga teng magistral loyiha Markaziy Osiyoni Pokiston portlari bilan birlaştiradi. Şu munosabat bilan Termiz şahrida transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiliş maqsadida Özbekiston – Afğoniston – Pokiston delegatsiyalarining uçraşuvi bölib ötdi”, deyiladi ÖzA The News International'ga asoslanib tarqatgan xabarda.

Kun.uz boğlangan Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov bu xabar asossiz ekanini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, 26–27 mart kunlari Termiz şahrida Özbekiston, Afğoniston va Pokiston vakillari iştirokida muhokama uçraşuvlari bölib ötgan. Unda asosan transport-logistika sohasidagi hamkorlik, jumladan, Özbekiston, Afğoniston va Pokiston davlatlari hududi böylab avtomobil transportida xalqaro yuk taşuvlari jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etiş masalalari muhokama etilgan.

Foto: Özbekiston Transport vazirligi
Foto: Özbekiston Transport vazirligi

“Muhokamalar jarayonida transafğon temir yöli qurilişi Özbekiston, Afğoniston va Pokiston iqtisodiyotiga qanday naf keltirişi har uç davlat vakillari tomonidan aytilgan. Şuningdek, Afğoniston va Pokiston vakillari turli taqdimotlar ötkazişgan. Ammo bu Özbekiston transafğon temir yöli qurilişini boşladi degan xabarga asos böla olmaydi”, dedi Navröz Aşurmatov.

Uning qöşimça qilişiça, xabarda yozilgan gaplar va transafğon temir yöli qurilişiga 5 milliard dollar sarflanişi haqidagi ma’lumot haqiqatga töğri kelmaydi.