Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 6 aprel kuni soat 18:30 larda Şörçi tumani Yakkaboğ mahallasidagi xonadondan 1965 yil tuğilgan X.X. va uning qizi Sariosiyo tumani Zağnabod qişloğida yaşovçi uy bekasi, 1992 yil tuğilgan M.Z.ning jasadi yuqori nafas yöllari va böyin a’zolariga ötkir tiğli jism yordamida yetkazilgan tan jarohatlari bilan topilgan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” , “j” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Şundan söng viloyat IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi tomonidan mazkur qotillik jinoyatini sodir etişda gumonlangan, Sariosiyo tumanida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan N.S.ga nisbatan mahalliy va xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi hamda Tojikiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi bilan hamkorlikda amalga oşirilgan qidiruv işlari natijasida, gumondor N.S. javobgarlikdan qutuliş maqsadida Surxondaryo viloyatidan Tojikistonga ötib, u yerdan Rossiyaga ketgani aniqlangan.

Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bölgan Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi xodimlari tomonidan rossiyalik hamkasblar bilan hamkorlikda gumondor şaxs Moskvaning Domodedovo aeroportida qölga olingan.

Qayd etilişiça, hozirda gumondorni Özbekistonga qaytariş çoralari körilmoqda.

Avvalroq Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov 2021 yilda qotillik jinoyatlarining har uçinçisi oilaviy muammolar tufayli sodir etilganini ma’lum qilgandi.