Şuhrat Ğaniyevning yopiq majlisi bayoni va hokimiyat bosimi bilan Norin fermerlari boşqa klasterga ötdi
|15:40 / 11.04.202262 21616 min
Fermerlarning klasterni erkin tanlaş huquqi buzilişiga oid navbatdagi holat Namangan viloyatining Norin tumanida yuzaga kelgan. Tumandagi 140ta fermer xöjaligi bilan uç yildan beri işlab kelayotgan Uztex Uchkurgan klasteri örnini boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyev imzolagan yopiq yiğiliş bayoniga köra Iftihor Kiyim Sanoat klasteri egallamoqda.
Bu – 2022 yil mart oyida ötkazilgan paxta-töqimaçilik klasterlari faoliyatini muvofiqlaştiriş respublika komissiyasi yiğilişining qarorida belgilangan.
Biroq namanganlik fermerlar Uztex Uchkurgan bilan uç yillik hamkorlikdan faqat manfaat topganliklarini ta’kidlab, klasterning almaşganidan noroziligini bildirişmoqda.
Fermerlar Uztex Uchkurgan klasteri bilan ayni paytda 2022 yil hosili uçun qonuniy şartnoma imzolab bölgan. Viloyat hokimligi vakillari va tuman hokimi fermerlarning e’tirozini e’tiborga olmayapti.
Vaholanki, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil noyabr oyidagi 14-sonli farmoniga asosan, fermerlar klasterlar bilan ixtiyoriy ravişda fyuçers şartnomasi tuzişga haqli.
Uztex Uchkurgan klasteri mutasaddilari tumanda uç yil davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritişayotganini aytib, respublika komissiyasining protokoli prezident farmonining bir qator bandlariga zid ravişda qabul qilinganini bildirişdi.
Biz Norin tumanida bölib murojaatçi fermerlar, klasterlar mutasaddilari va tuman hokimi Jörabek Nurmatov bilan suhbatlaşib masalaga oydinlik kiritişga urindik.
“Yangi klaster bilan şartnoma tuzmaymiz!”
“Biz şu uç yildan beri Uztex Uchkurgan klasteri bilan işlab kelyapmiz. Paxta pullarini vaqtida tölab beryapti. Muammo yöq. Keça aytişdi, qanaqadir protokol bilan Norin tumanida Iftihor Kiyim Sanoat klasteri oçilibdi.
Rahbarlar tomonidan: “Norin fermerlari yangi klasterga biriktirildi, şu bilan şartnoma tuzasizlar”, deyilyapti. Lekin biz Uztex bilan şartnomamizni bir tomonlama buzmoqçi emasmiz. Sababi, şartnomani bir tomonlama buziş uçun öziga yaraşa obektiv, sub’yektiv sabablari bölişi kerak. Ular şartnomada körsatilgan qanaqadir majburiyatlarni bajarmayotgan bölişi kerak.
Mavzuga oid
Layloxon Xolmirzayeva
Yoki yana bizga töğri kelmayotgan, yoqmayotgan taraflari bölsa, öşanda biz sudga ariza bilan murojaat qilib, öz huquqlarimizni himoya qilib, şartnomani bekor qilişimiz mumkin. Lekin hozirça hammasi yaxşi ketyapti”, – deydi “Eraliyeva Kimsanoy” fermer xöjaligi rahbari Layloxon Xolmirzayeva.
Fermerning sözlariga köra, Uztex Uchkurgan ötgan yilgi paxta pulini noyabr oyida tölaşni boşlagan. Dekabrda qolganini tölab, 31 dekabrgaça, yangi yilgaça hamma pullarni hisob-kitob qilib bölgan.
“Bizning paxta yetiştirişdan asosiy maqsadimiz – foyda oliş, pullarimizni vaqtida tuşiriş va tuşgan pullarimizdan özimizning texnikalarimizdan kreditlarimiz bölsa, ularni uziş, yaxşi kunlarimizga işlatiş. Keça hokimiyatdagi majlisda ham özimning mustaqil fikrimni bildirdim, Uzteks korxonasi bilan şartnomani bekor qilmoqçi emasman. Boşqa fermerlardan ham sörab körişingiz mumkin, hammaning fikri şunday”, – dedi “Eraliyeva Kimsanoy” fermer xöjaligi rahbari Layloxon Xolmirzayeva.
Layloxon Xolmirzayeva prezident farmoni talabiga teskari iş bölayotganidan hayronligini yaşirmadi.
“Hayron bölyapman, prezidentimizning 2021 yili 14-sonli farmoniga asosan, fermerlar özlari mustaqil ravişda klaster tanlaşi kerak. Özlari xohlagan klasterga yetiştirgan paxta hosilini sotişi kerak. Endi hozir buni bu bilan soliştirsam, ikkalasi bir-biriga töğri kelmayapti. Menimça, muhtaram yurtboşimizning fikrlari, ularning qabul qilgan farmonlari protokoldan ustuvor bölsa kerak”, – deydi u.
Tumandagi “Foziljon qizi Zulxumor” fermer xöjaligi rahbari Zohidjon Odilov ham klasterni özgartirişga zarurat körmayotganini aytdi.
Zohidjon Odilov
“Uztex Uchkurgan klasteri bilan uç yildan beri işlayapman. Mineral öğitlarimni ham vaqtida yetkazib beryapti, işçilarimizning oyliklari ham vaqtida bölmoqda. Klaster bilan şartnoma qilişdan oldin biz korxonalarini borib körib örganib kelganmiz. Klasterning fabrikalarigaça borib körganmiz. Şartnoma qildim, haqiqatan adaşmagan ekanman. Yangi klasterga Norin tumani biriktirilibdi, bizni birov majburlagani yöq,
Şaxsan mening fikrim, men Uztex Uchkurgan korxonasi bilan işlayman. Bular bilan şartnomam bor. Uç yil içida faqat manfaat topdim, faqat daromad topdim.
Tuman hokimi yangi klasterni keça taniştirdi. Bu bizni yangi klasterimiz dedi, Norin tumani şunga biriktirildi dedi, protokoli çiqqan dedi. Xöp dedik. Kimda söz bor deganda, men sözga çiqib, haqiqatan men bularning kimligini hali bilmayman, bularning fabrikasini körganim yöq, boşqasini körganim yöq, buning ustiga 2022 yil hosili uçun men şartnomani tuzib bölganman, deb aytdim”,– deydi fermer.
Tumandagi yana ikkita fermer xöjaligi rahbarlari Dilşodbek Turğunboyev va Şavkatbek Rahmonovlar ham uç yildan beri hamkorlik qilib kelayotgan işonçli va manfaatli klaster bilan şartnomani bekor qiliş aqlga siğmasligini bildirişdi.
Uztex Uchkurgan korxonasi direktori Bahromjon Qöçqorov bilan bölgan suhbatimiz davomida mutasaddi 2019 yildan beri tumandagi 140 nafar fermer bilan hamjihatlikda işlab kelişayotganini, tumanga yangi klaster kelayotgani ularni ham hayratga solganini aytib ötdi.
“Korxonamiz 2019 yildan buyon Norin tumani fermerlari bilan şartnoma asosida işlab keladi. Asos qilib Vazirlar Mahkamasining 2018 yilda çiqarilgan 744-sonli qarori olingan. Şu asnoda fermerlar bilan paxtani yetiştiriş, terib oliş va qayta işlaş jarayonini öz içimizga olganmiz.
Fermerlarning texnik salohiyati ança oşgan: 2019 yilda Norin tumanining texnika bilan ta’minlanganlik darajasi 40 foiz bölgan bölsa, hozirgi kunda fermer bilan klasterning iş birligi şaklida bu körsatkiç 103 foizga yetgan.
2019 yilda fermerlarning asosiy qismi tranş pullari evaziga daromadlari öta kam yo yöq yoki qarzda bölgan bölsa, hozirgi kunda fermerning daromadini 47 milliard sömga çiqardik.
Yangi 2022 yil hosili uçun şartnomaga asosan hozirgi kungaça fermerlarga qariyb 30 milliarddan oşiq pul va mahsulot yetkazib berildi. Kuni keça Norin tumanida yangi klaster taşkil topyapti deyişdi. Biz bunga qarşi emasmiz. Prezidentimizning farmonlari bor, 2021 yildagi 14-sonli farmon. Undan çiqib, klasterlar faoliyatini takomillaştiriş töğrisida 733-qaror ham çiqqan. U yerda klasterning taşkil topişi, işlaşi, qay şaklda şartnomani buzganda klaster faoliyatini tugatiş töğrisida batafsil ma’lumotlar berilgan. Bundan taşqari, fermerlarning öziga qaysi klaster bilan işlaşi tanlov huquqi berilgan. Yangi klaster oçilayotganiga bizning qarşiligimiz yöq. Masalaga oydinlik kiritiş uçun tuman hokimligiga murojaat qildik. Lekin hozirça javob olmadik.
Boşqa klaster kelişi niyati bölganda tegişli qarorga asosan 1 oktyabrgaça klasterlarning tanlovi bölgan bölişi kerak edi va öşa paytda e’lon qilinişi kerak edi.
Kuni keça Norin tumanida yangi klaster oçilişi munosabati bilan fermerlarni yiğib, tanişuv marosimi ötkazişibdi. Şundan söng fermerlar bölayotgan işlarga tuşunmay, bizning rahbariyat bilan körişiş istagini bildirişdi. Biz albatta bunga qarşilik qilmadik. Rahbariyat keldi. Fermerlar biz bilan qolmoqçi.
Takror aytaman: Norin tumanidagi 141 ta fermer xöjaligi bilan 2022 yil paxta hosili uçun fyuçers şartnomalari imzolangan bölib, ular rasmiy kuçga ega va tuman qişloq xöjaligi bölimida röyxatdan ötkazilgan”, deydi Uztex Uchkurgan korxonasi direktori Bahromjon Qöçqorov.
Norin hokimi intervyu berdi. Lekin savollar oçiq qoldi
Hokimlarning turli yiğilişlari köp ekan. Norin tumani hokimi Jasurbek Nurmatovni topiş oson bölmadi. Ikki kun deganda mutasaddining aholi bilan uçraşuvi bölayotgan joyiga borib savollarimizga javob oldik.
“Haqiqatan bizda Uztex Uchkurgan korxonasi hozirgaça Norin, Uçqörğon, Uyçi tumanlarida klaster sifatida faoliyat olib borgan. Bugungi kunda boş vazir örinbosarining tasdiqlagan hujjatiga, Prezident administratsiyasi bergan xatga asosan, yangi klaster taşkillandi. Çunki belgilangan normativlari, belgilangan ballari böyiça 17 ta klaster örtasida ötkazilgan tanlovda şu Iftihor Kiyim Sanoat korxonasi Norin tumaniga klaster sifatida qöyildi.
Bizning fermerlarimiz boşlanişida sal sarosimaga tuşişdi, sababi çigit ekiş mavsumi boşlangani, agrotexnik tadbirlar hozir dolzarb paytdaligi uçun ta’minotda uziliş bölib qolişi mumkin degan sal xavotir böldi ularda. Lekin xavotirga örin yöqligini biz tuşuntirdik, özlari ham borib, hamma hududlardan vakillari borib, Iftixor kiyim-sanoat korxonasining bugungi kundagi moliyaviy holati, işlab çiqarişi, umuman, olib borayotgan faoliyati bilan tanişib, bunga özlari ham işonç hosil qildi. Demak, ta’minot böyiça heç qanaqa masala bölmaydi.
Bugungi kunda mineral öğit, yoqilği-moylaş mahsulotlari uçun 10 milliard mablağ tuşdi, hozir şartnomalarni oxiriga yetkazib, ta’minotda heç qanday uzilişni qoldirmaymiz. Guruh-guruh bölib, olib borib, ularni Iftihor Kiyim Sanoat faoliyati bilan taniştirib, klasterning kelajagi, yangi rejalari bilan taniştirildi. Hammasi rozi, hozirça heç qanaqa masala yöq”, – dedi hokim.
— Uztex Uchkurgan va fermerlar örtasida şu paytgaça şartnoma şartlarini bajarmaslik muammosi bölmaganmi?
— Şartnoma şartlarini bajarmaslik deganimiz qanday... Endi, fermerlar şartnomani bajarmagan holatlari bölgan. Lekin Uztex Uchkurgan tomonidan ham ötgan yilgi, oldingi mavsumlarda fermerlarimiz bilan ozgina muzokaralar bölgan. Lekin bular öşa paytning özidayoq hal bölgan. Katta muammo bölmagan.
— Prezidentning ötgan yil noyabr oyidagi 14-farmoniga asosan, fermer xöjaliklari özlari xohlagan va özlari uçun manfaatli bölgan klaster bilan şartnoma tuziş huquqiga ega. Hozir tumandagi fermer xöjaliklari xohlaganlari Uztex Uchkurgan bilan, xohlaganlari Iftihor Kiyim Sanoat bilan şartnoma tuzadimi?
— Hozir hammasi “Iftixor kiyim sanoat” bilan şartnoma tuzişga rozi bölib, ötişdi ular. 139 ta. Agar xohlaşsa, körib çiqilsa kerak, körib çiqiladi.
— Siz tuman hududiga javobgar şaxssiz. Prezident farmonining ijrosi aynan sizlarning vazifangiz. Ayni paytda ikkita klaster örtasida raqobat paydo bölmoqda va şunga qarab fermerlar şartnoma qilişi kerak. Farmon böyiça şunday. Hozir fermerlarning faqat Iftihor Kiyim Sanoat bilan şartnoma tuzişga majbur qilinişi şu farmonga zid emasmi?
— Ularni heç kim majbur qilgani yöq. Ularga tuşuntirildi. Ular boşida ozgina e’tiroz qilganlari, hozir aytganimdek,Iftihor Kiyim Sanoat'ning bugungi faoliyatini borib körib, özlari tanişib, umuman, u yerdagi vaziyat, korxonaning moliyaviy holati bilan tanişib turib, heç qaysisi qaytib kelganidan keyin e’tiroz qilmadi. Ularning birinçi muammosi ta’minot masalasi. Ta’minotimizda uziliş bölmas ekan, şunga biz işonç hosil qildik, degan gapni aytişdi.
— Boş vazir örinbosari va Qişloq xöjaligi vazirligining protokoli orqali qaysidir klasterga tumandagi 140 ta fermer xöjaligi biriktirib qöyilişi prezident farmoniga zid bölsa kerak? Çunki prezident farmonida fermerlar özlari xohlagan hududdagi klaster bilan şartnoma tuziş huquqiga ega, deb yozib qöyilgan.
— Bu, endi, hozir aytganimizdek, tanlov asosida bölgan, öşa belgilangan me’yorlar asosida ball berilgan. Öşa ball Norin, Uyçi, Uçqörğon tumanlaridagi uçta klaster hisobiga, bizda körsatilgan ballimiz sal pastroq bölgani uçun Uzteks korxonasidan Iftihor Kiyim Sanoat'gatanlov asosida olib berilgan.
— Bu ballar bilan baholaş kim tomonidan ötkazilgan?
— Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan ötkaziladi, Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan.
— Mana şu ballar körsatilgan hujjat sizda bormi? Taqdim eta olasizmi?
— Yöq, bizda administratsiyaning xati bilan boş vazir örinbosarining taqsimoti bor.
— Demak, administratsiya xatida ballari kamligi haqida ma’lumot bor, töğrimi?
— Yöq, unda bunday ma’lumot yöq.
— Qaysidir hujjatga asosan bölişi kerak-ku?
— Bizga asos – administratsiyaning xati.
— Prezident farmonida belgilab qöyilganki, har qanday klaster Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan taşkil etiladi. Lekin Iftihor Kiyim Sanoat, mana aytib ötyapsiz, protokol va administratsiyaning xati asosida joriy qilindi deyapsiz. Bu qonunga zid emasmi? Vazirlar Mahkamasining qarori çiqmagan ekan-ku?
— Qaror viloyat hokimining qarori bilan birga. Bugun oxiriga yetkazilyapti. Şartnomalar hali tuzilgani yöq. Bugun tuziladi öşa qarorni olgandan keyin. Öşa xat-taqsimotga asosan qaror çiqadi, şuni bugun yakunlanişi töğrisida bizga xabar berilgan.
— Viloyat hokimining qarori kutilyaptimi yo Vazirlar Mahkamasining qarorimi?
— Viloyat hokimining qarori.
— Lekin bu prezident farmoniga zid emasmi? Axir Vazirlar Mahkamasining qarori asosida taşkil etiladi, deyilgan. Alohida bandda.
— Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlab beriladi-da, viloyat hokimining qarori çiqqanidan keyin.
— Yana bir savol. Fermerlar tomonidan aytilgan gap. Ayni paytda Norin tumaniga kirib kelayotgan Iftihor Kiyim Sanoat klasteri Namangan viloyati hokimiga qarindoşligi borligi uçun şunday qilinyapti degan xabar keldi bizga. Şunga nima deysiz?
— Yöq, u narsani men oqlamayman. Çunki bu qarindoşçilik bilan qilinadigan narsa emas. Bu yerda 170 ming aholi bor. Heç kim bunaqa tavakkal bilan qilib yubora olmaydi. Hamma tomonini hisob-kitob qilib, kerakli hujjati, kerakli iqtisodiy holatini hisobga olib turib taşkil qilingan deb öylayman. Sababi, bu yerda 170 ming aholi va bularning oldida 140 ta fermer xöjaligining umumiy holati turibdi-da. U notöğri narsa. Bu qarindoş-uruğçilik bilan qilinadigan narsa emas.
— Demak, sizda Prezident administratsiyasining xati va boş vazir örinbosarining protokoli bor. Lekin klaster taşkil etilganligi töğrisida Vazirlar Mahkamasining hujjati yoki qarori yöq.
— Ular bugun beriladi. Viloyat hokimining qarori bilan birgalikda.
***
Tuman hokimi fermerlarning bir guruhi yangi klaster faoliyati bilan tanişib kelgani va ularning özlari öz xohişi bilan Iftihor Kiyim Sanoat klasterini tanlaganini aytib, ularning ham fikrini eşitişimizni söradi.
Biz fermer Husanboy Qöçqorov va “Şamsiddinov” agrar massivi rahbari Ahmadjon Oxunovlar bilan suhbatlaşdik. Ularning har ikkisi: “Yuqorining topşiriği bölganidan keyin, yangi klasterga ötadigan böldik”, qabilidagi javoblarni aytişdi.
Darhaqiqat, ular Iftihor Kiyim Sanoat klasteri tayyor buyumlar işlab çiqariş korxonalarida bölganliklari va yangi klasterning salohiyati yuksakligini bildirişdi. Suhbatimiz söngida ular klasterlar örtasida soğlom raqobat bölişi zarurligini aytdilar.
Iftihor Kiyim Sanoat klasteri mutasaddilari bilan aloqaga çiqib suhbatlaşişga urindik. Bir marta göşakni kötargan xodim qaytib telefonni olmadi.
Aytişlariça, yangi taşkil etilgan klasterning egasi viloyatdagi yuqori martabali mansabdorning qarindoşi bölişi mumkin. Garçi tuman hokimi Jörabek Nurmatov bu ma’lumotni inkor etgan bölsa-da, Kun.uz keyingi suriştiruvlarida bu masalaga aniqlik kiritişga urinib köradi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi