Bundan bir neça kun avval Kun.uz’da Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida keksa yoşdagi ayol va uning qizini öldirib ketgan şaxs Rossiyada uşlangani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIB axborot xizmati mazkur jinoyat tafsilotlarini oşkor qildi. Unga köra qotil uç nafar farzandini talaşib turmuş örtoği va qaynonasini öldirgan.

Ma’lum bölişiça, Sariosiyo tumani Toqçiyon mahallasida röyxatda turgan va Toşkent viloyati Angren şahrida yaşagan S.N. Rossiyaga işlaşga ketib, turmuş örtoği Z.M. unga xiyonat qilib kelganini bilib, 2022 yil yanvarda Özbekistonga qaytadi.

U kelişi bilan voyaga yetmagan 3 nafar farzandini özi bilan olib qolib, turmuş örtoği bilan ajraşiş maqsadida, uni uydan çiqarib yuboradi. Şundan söng er-xotin örtasida farzandlar kimda qoliş-qolmasligi ustidan tortişuv boşlanadi.

S.N. xotini sud orqali farzandlarini öziga oliş uçun da’vo arizasini yozib, taqdim qiliş çoralarini körayotganini bilib, undan öç oliş rejasini tuzadi.

U xotiniga öğillaridan birini körsatiş uçun olib borişini, u bilan yaraşmoqçi ekanini aytib, Z.M. onasi X.X. bilan birga yaşayotgan Şörçi tumani Yakkaboğ mahallasidagi xonadonga boradi. Öğlini qaynonasi X.X. va xotini Z.M. bilan uçraştiradi.

Söng uydan çiqib qaynonasi va xotini uxlaşini kutadi. Qulay vaqt paydo bölganda xonadonga qaytib kirib ayvonda uxlab yotgan qaynonasi X.X. va xotini Z.M.ning böyin qismiga ötkir kesib-sançuvçi jism bilan tan jarohati yetkazadi. Oqibatda ular köp qon yöqotib voqea joyida vafot etadi.