Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli farmonlari bilan Taşqi işlar vazirligida özgarişlar amalga oşirildi.
Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Hafizoviç Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Öz navbatida, Vladimir Imamoviç Norov Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri vazifasini bajariş yuklatildi.

Bundan avvalroq Özbekiston Taşqi işlar vazirligi va Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi birlaştirilişi, yangi vazirlikka rahbar sifatida Sardor Umrzoqov nomzodi körilayotgani haqida xabar tarqalgandi.
- 1994-2003 yillarda ham Özbekiston TIVni boşqargan Abdulaziz Komilov 2003-2010 yillarda Özbekistonning AQŞdagi elçisi bölgan, 2010-2012 yillarda Özbekiston TIV rahbari örinbosari sifatida işlagan, 2012 yildan yana taşqi işlar vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U 2022 yil martida salomatligidagi muammo tufayli xorijga davolanişga ketgani ma’lum qilindi. Uning soğligi 17 mart kuni Senat yalpi majlisidagi çiqişidan keyin yomonlaşgan.
- Vladimir Norov 2006-2010 yillarda Özbekiston taşqi işlar vaziri bölgan, 2019-2021 yillarda Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi lavozimini egallagan. 2021 yil dekabrida Özbekiston TIV rahbari örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

















