Internetda tarqalgan videoda metropolitenga yangi olib kelingan poyezdlardan birining birinçi vagonida ketma-ket çaqnaşlar bölgani körinadi.
Elektr tutaşuvlari vagonning maşinist kabinasi ortida, yölovçilar vagonga kirişi uçun möljallangan birinçi eşik yaqinida sodir bölib, tutaşuvlardan keyin öşa joy qorayib qolgan.
Metropoliten rasmiy xabariga köra, voqea 16 iyun kuni soat 20:05 atrofida yerusti halqa yölining 6-va 7-bekatlari oraliğida röy bergan.

“Yöl çetidagi tösin tunukasining bir qismi atrofdagi kuçli şamol sababli öz örnidan köçişi natijasida harakatlanib kelayotgan harakat tarkibining tok qabul qiliş moslamasiga tekkan. Natijada esa qisqa tutaşuv sodir bölgan.
Şundan söng maşinist harakat tarkibini töxtatib, harakatlanişga xavf soladigan holatlar yöqligini tekşirib, öz harakatini davom ettirgan.
Mas’ul xodimlar holat yuzasidan joyiga borib örganiş işlarini olib borişdi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Eslatib ötamiz, şu oy boşida “Olmazor” bekatida elektr nosozligi röy berib, bir soat davomida Çilonzor yönalişidagi qatnovlar izdan çiqqan edi.
Ötgan oyda “Tinçlik” bekatida yölovçi taşiyotgan poyezd vagonlaridan birida çiroq öçib qolgandi.
Bir neça oy oldin “Kosmonavtlar” va “Turkiston” bekatlarida vagonlardan biri tutab ketgandi.
Umuman, oxirgi bir yilda Toşkent metrosida öndan ortiq nosozlik holatlari röy berdi.

















