— Yaqinda AQŞga taşrif buyurdingiz. Cafar taassurotlari bilan örtoqlaşsangiz.
— Suhbat boşida şuni qayd etib ötmoqçimanki, bugun diplomatiya jamoatçilik fikrisiz va ijtimoiy fikrsiz ilgari surilmaydi. Ijtimoiy fikr esa nafaqat axborot beriş usuli, balki milliy manfaatlarni ilgari suriş vositasi sifatida körilmoqda. Şuning uçun OAV vakillari bilan uçraşiş biz uçun katta mas’uliyat va imkoniyat. Şuningdek, xalqaro munosabatlarda xalq vakillari, parlamentning roli ham tobora ortib bormoqda.
Bevosita savolga qaytsak, AQŞga taşrif Kongressning ikkala palatasi bilan Oliy Majlis palatalarining muloqotini çuqurlaştirişga qaratilgan edi. Bugun hammamiz AQŞning dunyodagi ahamiyatini ortiqça gap-sözsiz tuşunamiz. 2018 yilda Şavkat Mirziyoyevning Vaşingtonga safari davomida Özbekiston–AQŞ örtasidagi strategik hamkorlikning yangi erasi haqidagi hujjatga qöl qöyilgan edi.

Bu bizga yangi yöllarni oçib berdi. Bularning içida eng muhimi parlamentlararo aloqalarni çuqurlaştiriş haqida. Nima uçun, çunki AQŞ siyosiy tizimida heç bir masala, jumladan taşqi siyosat masalalari kongressmenlar va senatorlarsiz hal qilinmaydi. Ular bilan munosabat bizga boşqa sohalardagi aloqalarimizni rivojlantirişga imkon beradi.
Yana bir narsa, 2018 yilgi safarda Şavkat Mirziyoyev kongressmenlar bilan uçraşuvda Özbekiston bilan hamkorlik guruhini tuziş böyiça taşabbus bildirgan edi. Ya’ni Kongressda Özbekiston böyiça kokus tuzildi. Bu bizning katta ğalabamiz böldi. Siz söragan taşrifda şu kokusning ikkinçi yalpi majlisida qatnaşdik.
Bugungi kunda kokusning 17 ta a’zosi bor, yil oxirigaça ular 30 tagaça yetişi mumkin. Taşrifda parlamentdan taşqari, AQŞ ma’muriyati, aql markazlari va universitetlar bilan ham samarali uçraşuvlar ötkazdik.
— Kokuslar nima maqsadda tuziladi özi, bu piar emasmi?








