Senatning 8 iyul kungi yalpi majlisida gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini ta’minlaş holati böyiça hukumat tomonidan qayta körib çiqilgan parlament sörovi natijalari muhokama qilindi.
Hukumatning javobida aytilişiça, Özbekistondagi 196 ta avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida (AGTKŞ) 1300 ta kamçilik aniqlangan bölib, 815 tasi öz vaqtida bartaraf qilingan bölsa, mavjud muammolarni hal etmagan 70 ta AGTKŞning faoliyati vaqtinça töxtatilgan.
Senat rasmiy reliziga köra, parlament sörovida kötarilgan ayrim masalalar yuzasidan asosli javoblar taqdim etilmagan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktyabrdagi 815-sonli qarori talablarining ijrosi töliq ta’minlanmagan va e’tiborsiz qoldirilgan.
Bugungi kunda siqilgan tabiiy gaz-3 tipidagi ballonlar bilan jihozlangan va yölovçi taşiydigan “JV MAN Auto-Uzbekistan” MÇJ QKda işlab çiqarilgan “MAN A 22 CNG” rusumli barça avtobuslar texnik sinovdan ötkazilmagan holda aholiga xizmat körsatgan.
Şuningdek, yuk va yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi avtotransport vositalariga örnatilgan gaz ballonlarini texnik sinovdan ötkaziş böyiça sinov laboratoriyalarida zarur şaroitlar yaratiş yuzasidan ham aniq javob taqdim etilmagan.
Senatorlarning fikriça, Özbekistonda tegişli texnik talablarga javob beradigan hamda xavfsizligi töliq kafolatlangan gaz ballonlarini işlab çiqarişni rağbatlantirişga hukumat darajasida yetarli e’tibor qaratilmagan.
“Jumladan, 2020–2022 yillar davomida avtotransport vositalarida örnatilgan va portlagan gaz ballonlarining 70 foiziga yaqini Xitoy Xalq Respublikasidan import qilingan. Holbuki, yurtimizda xavfsizlik talablariga javob beradigan gaz ballonlarini işlab çiqaruvçi 3 ta korxona mavjud, xolos”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralarga xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida kiritilayotgan taqdimnomalarga e’tiborsizlik bilan qaralgan. Hukumatdagi mutasaddilar esa bunday holatga nisbatan ta’sirçan munosabat bildirmagan.
Majlisda parlament sörovida keltirilgan muammolarni bartaraf etişga qaratilgan çora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan davom ettiriş zarurligi ta’kidlandi.
Özbekistonda 3 yil içida 34 ta maşinaning gaz balloni portlagani ma’lum qilindi

















