Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 2022 yil 28 iyun kuni 4R-48 avtomobil yölining Iştixon tumani “Xonaqa” MFY hududidan ötuvçi 65-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Mitan-Iştixon yönalişida harakatlanib kelgan BMW maşinasi haydovçisi boşqaruvni yöqotgan va maşina ağdarilib ketgan.

Oqibatda uşbu maşinada yölovçi sifatida ketayotgan fuqaro oğir tan jarohatlari olib, Iştixon tumani tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan. Körsatilgan muolajalarga qaramasdan u şifoxonada vafot etgan.

Dastlabki suriştiruvlarda aniqlanişiça, BMW qoidalarni buzgan holda katta tezlikda harakatlangan.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq, Samarqandda sodir bölgan YTHda ikki kişi halok böldi, uç kişi tan jarohati olgandi.